Iqtisodiy tarix faniga kirish
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI
bilan bog‘liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O‘sha davrda muomaladagi fulusiy 1 chaqa pullar yengil vaznda bo‘lib, savdo rivojiga to‘siqlik qilgan. Ulug‘bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‘zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi sal- moqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarb- xonasi saqlab qolindi. Xalq orasida “fulusi adliya” (adolatli chaqa) nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusn- ing vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoiti- da nodir va favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida “tamg‘a” boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni proteksionizm siyosatidan foyda- lanildi. Ulug‘bek (1394-1449 yy.) tarixda ko‘proq davlat arbobi si- fatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mash- hurdir. Uning dong‘i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda biz Ulug‘bekning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e’tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir, charxpalak, qay- nama, sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshootlari bilan jihozlandi. O‘sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq yig‘imi qan- cha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, 1 O’rta asrlardagi chaqa pullar 29 ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo‘lgani bilan, davlat- ning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me’yorida saqlash va uni yig‘ishning ma’lum adolatli usul- larini qo‘llanganlar. Masalan, Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan avval soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon (avgust va sentabr); 3) qavs (noyabr). Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig‘ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog‘bonga nisbatan zug‘um o‘tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalga- cha olib bormasligi zarur qilib qo‘yilgan. Bu bilan insonning haq- huquqi, yashashga bo‘lgan daxlsizligi ta’minlangan. Umuman, soliq bo‘yicha qarzdorlarni band qilish va zanjir bi- lan kishanlab, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga soliqchi- larning haqqi yo‘q edi. Soliq miqdori va to‘lov tartibini buzmaslikka, suiste’mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma’murlar jazoga tortilgani ma’lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xi- toy, Hindiston, Tibet va boshqa ko‘pgina mamlakatlar bilan sav- do aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Elchilar “Buyuk ipak yo‘li” havfsizligini ta’minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog‘liq. 1428 yili Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Muomalad- agi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug‘bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 30 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling