Iqtisodiy tarix faniga kirish
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu boyicha (1)
2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIYOTINING RIVOJI
sekinlik bilan g‘arbga, ya’ni Appenin yarimorolariga ko‘cha bosh- ladi va qudratli qadimgi Rim davlatchiligi paydo bo‘la boshladi. Quldorlik tuzumi rivojlanishining eng yuqori nuqtasi Antik davr, ya’ni Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim davrlariga to‘g‘ri keladi. Antik davlatlarda quldorlik ancha-mukammal, klassik shak- lga keldi. Qadimgi Gretsiya va Rimda quldorlik davlatining tashkil etilishi ibtidoiy jamoa tuzumini butunlay tugatilishiga sabab bo‘ldi. Qul- lar antik jamiyatda asosiy ishchi kuchi bo‘lib qoldi. Antik davr quldorlik munosabatlarining shakllanishi yirik urushlar bilan uzviy bog‘liq edi, chunki urushlar natijasida egal- langan hududlardan moddiy boyliklar hamda juda ko‘p asirlar olib kelinardi va ular o‘z navbatida qullarga aylantirilardi. Greklarning madaniy, siyosiy va xo‘jalik hayotining qadimgi o‘choqlari bo‘lib Krit oroli va Mesopotamiya yarimorolining shar- qiy sohilidagi Miken shahri hisoblangan, shu bilan birga Gretsi- yaning eng qadimgi davri Krit- miken davri deb ataladi. Uning xronologik davrlanishi eramizdan avvalgi III ming yillik va era- mizdan avvalgi XII asrga to‘g‘ri keladi. Krit-miken davrida moddiy madaniyat shakllanadi, bunga toshdan uylar qurish, mis va bron- zadan yasalgan qurollarni ishlatish, kemasozlik va dengizchilikn- ing paydo bo‘lishi isbot bo‘la oladi. 1 Qadimgi Gretsiya tarixining keyingi, ya’ni ikkinchi davri eram- izdan avvalgi XI-IX asrlarni o‘z ichiga oluvchi gomer davri hiso- blanadi. Bu davr Qadimgi Gretsiyaning taniqli shoiri Gomer nomi bilan atalgan, chunki uning asarlarida eramizdan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlaridagi qadimgi greklar iqtisodiy hayotining yorqin ko‘rinishlari aks etgan. Gomer davri 2 ibtidoiy jamoa ishlab chiqarishi tuzumining parchalanishi va quldorlik munosabatlari shakllanishi jarayoniga to‘g‘ri keladi. Grek urug‘ jamoalari boshqaruviga oqsoqol “basi- leve” tayinlangan. Bir nechta urug‘lar “fratriy”larni tashkil etgan va o‘z navbatida bir nechta fratriylar guruhi “fill”larni tashkil etgan. Vaqt o‘tishi bilan mulk taqsimotidagi tengsizlik sababli urug‘lar 1 Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.- С.28. 2 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.95. 33 yirik-yirik oilalarga bo‘linadilar, keyinchalik esa oilalar hududiy ja-moalarga birlasha boshladilar. Har bir oilaga yer uchastkalari ajratildi va bu uchastkalar me- ros sifatida avlodlarga o‘tkazila boshladi. Basilevslar va boshqa ko‘pgina urug‘ boshliqlari turli harbiy o‘ljalar evaziga boyib bosh- ladilar hamda asta-sekin katta yer egalariga va quldorlarga ay- landilar, shuningdek boy va katta harbiy kuchga ega bo‘lgan ja- moa kengashi a’zolari boshqaruvchi sinfni tashkil qila boshladilar. Bularning hammasi sinfiy jamiyat shakllanishi, davlatning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Keyingi bosqich eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda Qadimgi Grek shahar - davlatlari (polislar 1 )ning paydo bo‘lishi va “buyuk grek mustamlakaga aylantirishi” sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Polis markazi bo‘lib atrofi devor bilan o‘ralgan sha- har hisoblangan, uning atrofida esa qishloq aholisi joylashgan. Polisning barcha aholisi 2 tabaqaga - erkin aholi va qullarga bo‘lingan. Erkin aholi ham o‘zlarining mulklari hajmiga ko‘ra turli qatlamlarga bo‘lingan. Boylar qoida bo‘yicha urug‘ aslzodasi bo‘lgan va ular aso- san polis harbiy kuchlarini yaratgan. Ular o‘zlarini “aristokrat”lar deb atashgan, shuning uchun shaharning siyosiy tuzilishi “aristokratiya”larga bo‘lindi. Erkin aholining qolgan qismini de- hqonlar va hunarmandlar tashkil etgan. Aholining bu qatlami “demos” deb atala boshlandi va grekchadan tarjima qilganda “xalq” degan ma’noni beradi. Grek erlarining mustamlakalashtirilishi natijasida boshqa hudud va mintaqalarda ham quldorlik shaharlari-davlatlari tashkil topa boshladi. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda greklar yangi ye- rlarni egallash maqsadida o‘sha davrga nisbatan yirik sayohatlar va yurishlar uyushtirishdi. Shundan so‘ng qadimgi dunyoning siyosiy va iqtisodiy marka- zlari g‘arbga, qadimgi davrning yanada qudratli quldorlik davlati - Rim joylashgan Apennin yarimoroli tomonga surila boshladi. 1 Qadimgi Gretsiyada jamiyatning shaharga o’xshash ijtimoiy-iqtisodiy birlashmasi 34 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling