Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

4.3. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
Feodalizm sarqitlari 
XVIII asrning o‘rtalariga qadar Fransiya Yevropada yetakchilik 
qilishga intildi. Bunga uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka 
ega ekanligi imkon berdi. Fransiya aholisi Angliyanikidan ikki bar-
obar ko‘p edi. Fransiya hududi ham kattaroq edi. Fransuz sanoati 
va savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. yengil sano-
at – ipakchilik, jungga ishlov berish, to‘qimachilik, qog‘oz, shisha 
va farfor, sovungarlik, ko‘nchilik (teriga ishlov berish) yuqori nati-
jalarga erishdi. Butun dunyoda fransuz manufakturalari tomoni-
dan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak va matolari, bezaklar va 
parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi. Manu-
fakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo‘lmasdan, 
10-50 ishchidan iborat bo‘lgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada 
qola boshladi. Buning asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og‘ir 
65



yuki va mavjud hukumatning konservativ siyosatidir. Feodal tarti-
blar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga to‘siqlik qildi. Sano-
atda o‘rta asr sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib 
chiqib ketish ta’qiqlangan edi. Alohida monopol imtiyozlar ba’zi 
provinsiyalar, savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli 
edi. 
Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o‘lchov va 
me’yorlarning yagona tizimi mavjud emasligi to‘siqlik qilar edi. Bu 
cheklovlar sexlarni rivojlanishiga to‘siqlik qildi, ishlab chiqarishni 
inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib keldi. 
Fransiya iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i hisoblangan agrar 
sektorda asosiy ziddiyatlar shakllandi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar 
va yaylovlarning katta qismiga egalik qilgan dvoryanlik va cherkov 
mamlakatda o‘z imtiyozi va hukmroligiga ega edilar. 
Mamlakatda merkantelizm siyosati quyi qatlam (dehqonlar) 
ni soliq yordamida talash amalga oshirilgan edi. Aholining aynan 
shu qatlami o‘z daromadlarining 2/3 qismini g‘aznaga to‘lashlari 
kerak edi. XVIII asrning 80-yy.da soliq tushumlarining yarmidan 
ortig‘i aksizlarga to‘g‘ri kelar edi. 
Fransiyada aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etardi 
(26 mln.kishidan 22 mln kishi – dehqonlar). Bu qatlam obrok to‘lar 
edi – pullik (senz) va natural (shampar
1
) non bilan, uning hajmi 
bug‘doy hosilining 20-26 %ni tashkil etardi. Yana boshqa soliq 
turlari ham amal qilar edi – jon boshiga, gabel (tuz solig‘i) va 
cherkov ushri
2
. Juda ko‘p to‘lov va yig‘imlar mavjud edi: parom 
va ko‘prik yig‘imi, tutun yig‘imi va baliq tutish huquqini beruvchi 
to‘lov va boshqalar. Huquqbuzarliklar uchun katta jarimalar so-
linar edi. Yer egalari hosilsizlikdan katta jabr ko‘rar edilar. XVIII 
asrda ular o‘ttizdan ortiq edi. Dehqonlarning shaxsiy qaramligi 
ularni yer egalari xo‘jaligida yiliga 5-15 kun mehnat qilishga ma-
jbur qilar edi. 
XVIII asrning 70-yy. o‘rtalariga kelib fransuz moliyasining na-
zoratchisi A.Tyurgo islohotlari natijasida non savdosidagi chek-
lovlar bekor qilindi, shaharga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsu-
lotlaridan olinadigan bojlar kamaytirildi. Dehqonlarning davlatga 

История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка, А. Н. 
Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С. 161. 

Daromadning o‘ndan biri miqdorida cherkov foydasiga olinadigan soliq 
66


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr) 
bo‘lgan majburiyatlari bekor qilindi. Savdo-sanoat faoliyatining 
deyarli barcha turlari barcha cheklovlardan ozod qilindi. 
Ammo iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chuqurlashib bordi. Hosil-
sizlik, savdo-sanoat inqirozlari, davlat bankrotligi va hukumatning 
mamlakat xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘ya olmasligi – bularning 
barchasi feodal tizimning tanazzuli chuqurligini va keskin yechim-
larga kelish zaruratini keltirib chiqardi. 
◄ Buyuk Fransuz inqilobi 
Barcha boshqa burjua inqiloblari kabi ijtimoiy-iqtisodiy zid-
diyatlarni keskinlashuvi natijasida kelib chiqqan Buyuk fransuz 
burjua inqilobi (1789-1794) butun Yevropa feodolizmiga tahdid 
soldi. 
1789 yilning 14 iyulida Bastiliyani qo‘lga olinishi keyinchalik 
burjua inqilobiga aylanib ketdi. Avvalombor, birinchi bosqichda 
(iyun 1979 – avgust 1792 yy.) konstitutsion-monarxiya hokimiyati 
saqlanib qoldi va bir necha muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. 
Dehqonlar harakati Ta’sis kengashini 1789 yil avgustida “Feodal 
tuzumni to‘liq yo‘q qilinishi to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qil-
ishga undadi. Lekin agrar qonunchilikni ishlab chiqishda dvory-
anlarning faqatgina ba’zi huquqlarini cheklashga e’tibor qaratildi. 
Ular jumlasiga – sen’orlar sudini bekor qilish, dvoryanlarni cheksiz 
ov qilish huquini bekor qilinishi va boshq. Dehqonlar qaramligini 
boshqa jihatlari saqlanib qolgan bo‘lib, ularni sotib olish kerak 
edi, uning narxi esa yigirma yillik renta hajmiga teng edi. 
Shu davrning o‘zida cherkov mulkini sekulyarizatsiya

qilish 
jarayoni amalga oshirildi. Dvoryanlar va ruxoniylarga beriladigan 
soliq imtiyozlari bekor qilindi. Barcha fuqarolarga har qanday 
lavozimni egallash huquqi kafolatlandi. 
Bir necha burjua islohotlari sanoat va savdoga keng tarqaldi. 
1791 yil fevralida Ta’sis kengashi sanoat ishlab chiqarishini qat’iy 
reglamentga solishni bekor qildi. Sexlar tizimi qisqartirildi. Savdo 
erkinligi joriy etildi. Barcha imtiyozlar va monopoliyalar, ichki bojx-
onalar, non sotishga ta’qiqlar bekor qilindi. 1791 yil martda joriy 
etilgan yangi bojxona boji proteksionistik xarakterga ega edi. 
Ammo mehnatkashlar holati kam o‘zgardi. Ish haqining ka-
mayishi, narxlarning jadal o‘sishi va chayqovchilik xalqda noro- 

Cherkov mulkini davlat mulkiga aylantirish 
67



zilikni kuchaytirdi. Ta’sis kengashi, xalqni inqilobiy chiqishlaridan 
cho‘chigan holda, 1791 yil yozida Le Shapele qonunini qabul qil-
di (ushbu qonunda ishchilar birlashmasi va ish tashlashlari taq-
iqlanib ularga nisbatan pul jarimalari va qamoqxona muddatlari 
belgilandi). 
Keyinchalik ishsizlar uchun ochilgan “hayriya ustaxonalari” yo-
pildi. Shu bilan birga hukumat tepasidagi yirik burjuaziya soliqqa 
tortishning yagona tizimini joriy etishda yuqoriroq soliqlarni may-
da sanoatchilar zimmasiga yuklashdi. Agrar masala oxirigacha hal 
etilmagan edi. Feodalizm sarqitlari oxirigacha bartaraf etilmagan 
edi. 
1972 yil avgustida xalq qo‘zg‘aloni natijasida monarxiya tu-
zumi ag‘darildi. Hukumat tepasiga jirondistlar – respublikachi 
burjuaziya vakillari keldi. Bir yildan kam bo‘lgan davr ichida oziq-
ovqatga maksimum narx belgilandi. Emigrantlarning konfiskatsiya 
qilingan yerlarini mayda uchastkalar qilib sotish yoki ularni yillik 
renta evaziga muddatsiz egalik qilishga berish to‘g‘risida Qonun 
qabul qilindi. Sobiq feodal huquqlari bilan bog‘liq barcha tergov 
ishlari bekor qilindi. 
Agrar va boshqa muammolarni keskin hal etilishi inqilobning 
uchinchi bosqichi (iyun 1793 – iyul 1794 yy.)ga to‘g‘ri keldi. Parij 
qo‘zg‘oloni natijasida yakobinlar – inqilobiy demokratlar diktat-
urasi o‘rnatildi. Hukumat tepasiga quyidagi siyosatchilar kelishidi 
- M. Robesper, L. Sen-Jyust, J.P. Marat, J. J. Danton va boshq. Ya-
kobinchilar diktaturasining qat’iyatligi ichki va tashqi dushman-
larga zarba berib, feodal tuzumni butunlay tugatdi. 
Xususan, 1793 yil iyunida Konvent dekreti bilan emigrantlarn-
ing konfiskatsiya qilingan yerlarini imtiyozli sotish tartibi belgi-
landi. Kam ta’minlangan dehqonlar kichik yer maydonlarini sotib 
olishda boshlang‘ich yerning 5% summasini kiritish imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. Qolgan summani to‘lash uchun 10 yil muddat beri-
lar edi. Dehqonlarning yerlari ularning xususiy mulkiga aylandi. 
Oziq-ovqat muammosini hal etish maqsadida “tovarlarni chay-
qov maqsadida sotib olish” jinoyat deb hisoblana boshlandi. Har 
bir rayonda oziq-ovqat omborlari tashkil etildi. Non zaxiralarini 
ro‘yxatdan o‘tkazish bilan maxsus komissarlar shug‘ullanar edilar. 
Yer egasi va uning oilasining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan bug‘doy 
konfiskatsiya qilinar edi. 1793 yilning kuzidan boshlab birinchi 
zaruratdagi mahsulotlardan (kiyim-kechak, yoqilg‘i va boshq.) 
68



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling