Iqtisodiy tarix faniga kirish


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Burjuaziya va yollanma ishchilar sinflarini shakllanishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar nimalardan iborat? 
2. Sanoat to‘ntarilishining shart-sharoitlari nimalardan iborat? 
3. Buyuk Fransuz inqilobining iqtisodiy zamini nimada? 
4. Germaniya siyosiy tarqoqligining iqtisodiy oqibatlari 
nimada? 
71



INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING SHAKLLANISHI 
DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI 
(XIX asr) 
Tayanch atamalar va iboralar: to‘qimachilik sanoati, bug‘ dvi-
gateli, “savdo assotsiatsiyalari”, mustamlaka, fritrederlik, prusscha 
yo‘l 
■ Reja: 
1. Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari 
2. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari 
3. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari 
5.1. Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari 
Sanoat to‘ntarilishi oqibatlari. XIX asrning 30-yillariga kelib 
Angliyada sanoat to‘ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan 
ishlab chiqarish past mehnat unumdorligi va qo‘l mehnatiga asos-
langan hunarmandchilik va manufaktura ustidan g‘alaba qozondi. 
Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. XIX 
asr o‘rtalariga kelib Angliya shaharlar va ishchilar shaharchalari 
mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi. 
Qurilish va sanoatda band bo‘lganlar ulushi 50%gacha ko‘tarildi, 
qishloq xo‘jaligida esa 15%ga pasaydi. 
Paxtani qayta ishlash sanoati. Industrial taraqqiyot yetakchisi 
bo‘lib paxtani qayta ishlash sanoati saqlanib qoldi. To‘qish sta-
noklari bilan jihozlangan fabrikalar soni ko‘paydi. 1800-1870 
yy.da paxta matosini ishlab chiqarish 19 martaga, paxta iste’moli 
1000 martaga o‘sdi. XIX asr o‘rtasiga kelib tekstil va to‘qimachilik 
sanoatida ish kuchining 1/3 qismi band edi. 
◄ Og‘ir sanoat. 
● og‘ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakat-
da 600ta domna pechlari ishlab turardi 
● 1800-1870 yy.da ko‘mir qazib olish 11 marotaba va metallni 
qayta ishlash mahsulotlari 28 marotaba o‘sdi 
72


5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING 
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI

(XIX asr) 
● dunyo bo‘yicha cho‘yan ishlab chiqarishning yarmi, 
toshko‘mir qazib olishning yarmidan ortig‘i Angliyaga to‘g‘ri 
kelardi 
● mamlakatning og‘ir sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va 
Fransiyani mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi. 
Bug‘ dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari asosan 
bug‘ dvigatellarini joriy etilishi bilan bog‘liq. Bu bug‘ transportini 
rivojlanishiga ham olib keldi. Mamlakatning orolda joylashgan-
ligi kemasozlik rivojini taqazo etdi. 1811 yilda Angliyada paroxod 
transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan boshlab yirik okean 
kemalari qurila boshlandi. 
Angliya yirik savdo flotiga ega edi. 1800-1870 yy.da uning ton-
naji 12,5 barobarga o‘sib dunyo tonnajining 60%ni tashkil etdi. 
Angliya “jahon yuk tashuvchi”siga aylandi. 
Jahondagi sanoat yetakchiligini yo‘qotilishi 
● XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya o‘z yetakchilik mavqei-
ni yo‘qota boshladi. 
● Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 
1870 yildagi 32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib qoldi. 
● Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’atlari qisqardi. 
● An’anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko‘mir) nis-
batan tushkunlik holatiga tushdi. 
● XIX asrda shakllangan ularning texnik asosi eskirgan bo‘lib, 
yangi texnikani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan edi. 
Ingliz monopoliyalari. XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz 
monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik birlashmalar 
sanoatning quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi – elektrotexnika, 
quvur ishlab chiqarish, kimyo, harbiy va boshqalar. 
Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dina-
mit-Nobel, 1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Mor-
gan moliyaviy guruhi qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini 
yaratdi. 
An’anaviy sanoat tarmoqlarida kam sonli kartellar “savdo as-
sotsiatsiyalari” ko‘rinishida vujudga keldi. 
Paxtani qayta ishlash sanoati uchun matoga ishlov berish va 
bo‘yash bo‘yicha alohida monopoliyalar yaratish xarakterli edi. 
Mustamlakalar. XIX asr o‘rtalariga kelib Angliya qudratli ish-
lab-chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlari-
ga egalikni qo‘lga kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram 
73



hududlarni ekspluatatsiyasi evaziga ta’minlanar edi. Mahalliy 
aholini talon-taroj qilish, noekvivalent ayirboshlov, ko‘psonli soliq 
to‘lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi yerosti va yer 
usti boyliklari talon-taroj qilindi. 
Mustamlakalardan o‘ta past narxlarda zarur xom ashyo va 
oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinardi. O‘z navbatida, bepoyon 
Britaniya mustamlaka imperiyasi ingliz tovarlarini monopol narx-
larda daromadli sotishning katta bozori hisoblanar edi. 
Bu davrda Britaniya imperiyasining durdonasi hisoblangan 
Hindiston to‘liq bosib olindi. Hindistonda Britaniya imperiyasi 
aholisining 70% istiqomat qilardi. 1860 yilga kelib ushbu hudud-
da 6,5 mln.kv.km. maydonda 145 mln.kishi yashardi. 
◄ Savdo siyosati. 
● industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angli-
yani “dunyoning fabrikasi”ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatin-
ing yo‘nalishlarini o‘zgartirdi 
● Angliya sanoat rivoji bo‘yicha boshqa mamlakatlarni o‘zib 
o‘tib raqobatdan cho‘chimas edi. 
● proteksionizmdan fritrederlikka

(erkin savdoga) o‘tish mam-
lakat iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga, kapitalni jamg‘arilishiga, 
industirlashtirish sur’atlarini o‘sishiga sababchi bo‘ldi. 
● xom ashyoning arzon narxlari jahon bozorida ingliz tovar-
larining raqobatbardoshligini oshirdi, ingliz tovarlariga bojlarni 
pasayishiga olib keldi 
● Angliyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi mam-
lakatning ichki ehtiyojlaridan ancha ko‘p bo‘lib, sanoat mahsulot-
lari eksportini kengaytirdi. 
● XIX asrda Angliya tashqi savdo operatsiyalari hajmi bo‘yicha 
yetakchilik qildi. 1800-1870 yy.da tashqi savdo oboroti 7 maro-
taba (85 mln.dan 611 mln.f.st.gacha) o‘sdi. 
● eksport tovarlari ichida tekstil, mashinalar, ko‘mir, qora met-
allurgiya mahsulotlari katta ulushga ega edi. 
● xom ashyo (paxta, jun) va oziq-ovqat (don, go‘sht va boshq.) 
import qilinardi. 

Кустова Т.Н., Камакина О.В. История экономики: Учебное пособие / РГАТА.-
Рыбинск, 2001.- С. 56. 
74


5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATS YANING 
SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI

(XIX asr) 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling