Mulkka egalik qilish – mulkning egasi qo'lida saqlanib turisliini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi.Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir.
Mol-mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo'ladi.
Mulkchilik ham iqtisodiy ham huquqiy kategoriya hisoblanadi.
Mol-mulk ishlab chiqarish jarayonida foydalanilsa va o’z egasiga daromad keltirsa, yoki uning iste’molini qondirishga xizmat qilsa, u iqtisodiy munosabatlarni ifodalab, iqtisodiy kategoriya sifatida chiqadi.
Mulk tadbirkorlik faoliyatining biror-bir turi orqali ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni iqtisodiy faoliyatda foydalanilmasa, bunda u huquqiy kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilikning huquqiy me’yorlarini quyidagilar belgilab beradi:
Ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi;
Mulk egalarining qonun bilan himoyalanadigan vakolatlari;
Mol-mulkni himoya qilish usullari;
Mulk obyektlari – bu mulkka aylangan barcha boylik turlaridir.
Bular:
Ishlab chiqarish vositalari;
Inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar;
Tabiiy boyliklar;
Intellektual boyliklar;
Insonning mehnat qilish qobiliyati bo’lgan ishchi kuchi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |