Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

49 

 

Osiyoda  bunday  kafedra  ilk  bor  Toshkent  davlat  universiteti  (hozirgi  O‘zMU)da 



1940-yilda tashkil qilingan edi. 

O‗zbekiston hududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy-geografik bilimlar uzoq 

tarixga egaligi bilan ajralib turadi. Sug‗orma dehqonchilik, irrigatsiya inshootlari, 

shaharlar  va  mamlakatlar,  aholishunoslik  va  hunarmandchilik, arxeologiyaga  doir 

ma‘lumotlar  yirik  mutafakkirlar  Mahmud  Qoshg‗ariy,  Muhammad  Ibn  Muso  al-

Xorazmiy,  Abu  Abdulla  Muhammad  ibn  at-Termiziy,  Ahmad  al-Farg‗oniy,  Abu 

Nasr Forobiy, Abu Zayd Balxiy, Abu Abdulla Jayhoniy, Abu Abdullo Xorazmiy, 

Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Xoraqiy,  Mahmud  az-Zamaxshariy,  

Xafizi  Abru,  G‗iyosiddin  Naqqosh,  Mirzo  Ulug‗bek,  Ali  Qushchi,  Zahiriddin 

Muhammad Bobur kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan. 

Jumladan,  Mahmud  Qoshg‗ariyning  ―Devonu  lug‗otut-turk‖  nomli  asarida 

tabiat  tasvirlari,  yershunoslik,  ekologik  va  geografik  ma‘lumotlar  berilgan. 

Muhammad  ibn  Muso  Xorazmiyning  (780-847)  ―Yerning  tasviri‖  va  ―Xorazm 

geografiyasi‖  nomli  asarlari  yer  bilimi,  kartografiya,  geodeziya  va 

mamlakatshunoslikka oid qimmatli ma‘lumotlarga boy. 

Al-Beruniy  va  Ibn  Sino  asarlari  XVIII  asrga  qadar  Yevropa  oliy  o‗quv 

yurtlarida  darslik  sifatida  qo‗llanib  kelingan  bo‗lsa,  Xorazmda  ―Ma‘mun 

akademiyasi‖  va  Ulug‗bek  ilmiy  maktabi  Markaziy  Osiyo  hududidagina  emas, 

balki  butun  jahonda  ilm-fanning  rivojlanishiga  beqiyos  hissa  qo‗shdi.  Ayniqsa, 

Z.M.Boburning  ―Boburnoma‖  asari  Farg‗ona  vodiysi  tabiati,  xo‗jaligi,  aholisi  va 

shaharlariga doir g‗oyat qimmatli ma‘lumotlar berilgani bilan ajralib turadi. 

Markaziy  Osiyo  hududini  ilmiy  jihatdan  tadqiq  etish  XVII  asr  oxiridan  XX 

asr  boshlariga  qadar  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  o‗lka  boyliklarini  o‗z 

manfaatlari uchun foydalanish imkoniyatlarini o‗rganish maqsadida tashkil etilgan 

qator  ilmiy  ekspeditsiyalari  faoliyati  bilan  bog‗liqdir.  O‗lka  Rossiya  imperiyasi 

tomonidan  mustamlakaga  aylantirilganidan  so‗ng  1897-yili  Toshkent  shahrida 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling