Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

47 

 

geograf va sotsiolog F.Ratsel o‗zining ―Antropogeografiya‖ asarini yaratib, siyosiy 



geografiya va siyosiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan bo‗lsa, 

undan  keyinroq  fransuz  olimi  Vidal  de  la  Blash  ―Iqtisodiy  va  ijtimoiy 

geografiya‖ning  asoschisi  bo‗lgan.  Uning  bu  ilmiy  maktabini  F.Ratsel 

antropogeografiyasidan  farqi  shundan  iboratki,  u  siyosiy  masalalarni  chiqarib 

tashlagan holda, ko‗proq inson va uning faoliyatini geografik muhitga moslashuvi, 

muvofiqlashuviga  (possiblizmga)  e‘tibor  bergan  va  tabiiy  geografik  omillar,  eng 

avvalo,  iqlim  sharoitlarining  jamiyat  rivojlanishidagi  rolini  biroz  ―yumshatgan‖. 

Keyinchalik Ratsel g‗oyalari asosida, geografik determenizmning siyosiy g‗oyalar 

bilan  boyitilishi  natijasida  o‗ta  reaksion  –  geografik  siyosat  (geosiyosat)  vujudga 

kelgan. 


Ammo  bu  ma‘nodagi  an‘anaviy  geografik  siyosatni  regional  yoki  hududiy 

siyosat,  hozirgi  geografik  siyosat  bilan  tenglashtirish  noto‗g‗ri.  Iqtisodiy 

geografiya  va,  umuman,  geografiya  fanining  rivojlanishida  nemis  olimi 

A.Gettnerning  (1859-1941)  ham  ma‘lum  darajada  xizmati  bor.  Biroq  u  asosiy 

e‘tiborni  hududga  bergan  va  geografiyada  tarixiylik  tamoyiliga  qarshi  chiqqan, 

geografiya  faqat  hozirgi  hududiy  voqelikni  o‗rganishini  uqtirgan.  Shu  bois, 

A.Gettner geografiyasi ―xorologiya‖ (ya‘ni hudud) tamoyiliga asoslangan. 

Shuningdek,  iqtisodiy  geografiyaga  tegishli  ilmiy  muammolar  boshqa  davlat 

olimlari  va  turli  maktablar  tomonidan  ham  o‗rganilib,  o‗z  yechimini  topgan. 

Masalan,  ingliz  olimi  G.G.Chizxolmning  o‗tgan  asr  oxirida  yozgan  tijorat 

geografiyasi, undan keyinroq  yashagan  golland  X.Bos, shvetsariyalik  G.Beshning 

jahon  xo‗jalik  geografiyasi,  amerikalik  olimlar  U.Izard  hamda  V.Leontyevning 

hududiy  iqtisod,  fransuz  F.Perruning  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishda 

qutblar  va  hududiy  tengsizlik  nazariyasi,  P.Haggetning  iqtisodiy  geografiyada 

hududiy  tahlil,  amerikalik  Ch.Garris  va  fransuz  olimlari  J.Boje,  Garne  hamda 

Shabolar,  shved  G.Aleksanderosning  shaharlar  geografiyasi,  AQShlik  olim 





Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling