Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet1/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Reja:
1. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga


xilof ravishda bitimlar tuzish
2. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish
3. Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish
4. Chet el valutasini yashirish
5. Soxta tadbirkorlik
6. Soxta bankrotlik
7. Bankrotlikni yashirish
8. Bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish
9. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish
10.Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash

O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga
xilof ravishda bitimlar tuzish
(O`zR JK 175-moddasi)

Bu jinoyatning obyekti O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslaridir.


Obyektiv tomondan jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lgan, naf keltirmasligi ayon bo`lgan bitimning tuzilishida ifodalanadi.
Bitim deganda, tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo, uskunalar yetkazib berish, turli inshootlar qurish va h.k maqsadlarini ko`zlab chet ellik sherik bilan iqtisodiy bitim tuzish tushuniladi.
Bitim tuzilishi natijasida respublikaning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar yetkazadigan har qanday bitim naf keltirmaydigan bitim deb hisoblanadi.
Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzilishi natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazilishi hisoblanadi.
Ko`p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoiy qilmishdan ko`rilgan zararnigina o`z ichiga olishini nazarda tutish lozim.
Zarar miqdorini aniqlashda O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish sababli boy berilgan naf e`tiborga olinmaydi.
Agar bitim tuzilishi natijasida respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilgan bo`lsa, jinoyat tamom bo`lgan deb hisoblanadi.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling