Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
Download 84.5 Kb.
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- tamom bo`lgan
- Bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish (O`zR JK 182-moddasi)
Bankrotlikni yashirish
(O`zR JK 181-moddasi) Tahlil etilayotgan jinoyatning obyekti bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni amalga oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Obyektiv tomondan jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumot yoki hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining to`lovga qodir emasligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lishda ifodalanadi. Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo`lib, kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Uni sodir etishning maqsadi va motivi jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso har qanday shaxs bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonuni bilan JK 181-moddasi: «Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi», deyilgan 2-qism bilan to`ldirildi. Bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish (O`zR JK 182-moddasi) Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, uning sodir etilishi nazorat qilib bo`lmaydigan tovarlar muomalasini yoki ulardan ayrimlarining respublika hududida taqchilligi holatini keltirib chiqaradi. Shu bilan birgalikda Jinoyat kodeksida ko`rsatilgan boshqa jinoyatlarning sodir etilishiga asos yaratib beradi, masalan, soliq to`lashdan bo`yin tovlash, O`zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy kirish yoki chet elga chiqish. Sharhlanayotgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqaradi, inflatsiya darajasi oshishiga real xavf tug`diradi, bu esa jamiyatning iqtisodiy asoslariga putur yetkazib, bozor iqtisodiyotiga o`tishni qiyinlashtiradi. Jinoyat obyekti davlat va jamiyatning iqtisodiy manfaatlari hisoblanadi, chunki, birinchidan, bu qilmishni sodir etish natijasida olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarga qo`yilgan bojlar davlat budjetiga kelib tushmaydi, ikkinchidan, respublikadan mamlakat iqtisodiy ahamiyatiga ega bo`lgan, chiqarilishi ta`qiqlangan tovarlar chiqib ketishiga yo`l qo`yilgan bo`ladi. Jinoyatning bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatliklarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o`tkazishning belgilab qo`yilgan tartibi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslari hisoblanadi. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling