Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet7/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Bankrotlikni yashirish
(O`zR JK 181-moddasi)

Tahlil etilayotgan jinoyatning obyekti bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni amalga oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlardir.


Obyektiv tomondan jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumot yoki hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining to`lovga qodir emasligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lishda ifodalanadi.
Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo`lib, kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Uni sodir etishning maqsadi va motivi jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso har qanday shaxs bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonuni bilan JK 181-moddasi: «Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi», deyilgan 2-qism bilan to`ldirildi.


Bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish
(O`zR JK 182-moddasi)

Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shun­daki, uning sodir etilishi nazorat qilib bo`lmaydigan tovarlar­ muomalasini yoki ulardan ayrimlarining respublika hu­dudida taqchilligi holatini keltirib chiqaradi. Shu bilan birgalikda Jinoyat kodeksida ko`rsatilgan boshqa jinoyatlarning sodir eti­lishiga asos yaratib beradi, masalan, soliq to`lashdan bo`yin tov­lash, O`zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy kirish yoki chet elga chiqish. Sharhlanayotgan ijtimoiy xavfli qilmishni so­dir etish iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqaradi, inflatsiya darajasi oshishiga real xavf tug`diradi, bu esa jamiyatning iq­tisodiy asoslariga putur yetkazib, bozor iqtisodiyotiga o`tishni qiyinlashtiradi.


Jinoyat obyekti davlat va jamiyatning iqtisodiy manfa­atlari hisoblanadi, chunki, birinchidan, bu qilmishni sodir etish natijasida olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovar­larga qo`yilgan bojlar davlat budjetiga kelib tushmaydi, ik­kinchidan, respublikadan mamlakat iqtisodiy ahamiyatiga ega bo`lgan, chiqarilishi ta`qiqlangan tovarlar chiqib ketishiga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Jinoyatning bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatlik­larni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o`tkazishning belgilab qo`yilgan tartibi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslari hisobla­nadi.



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling