Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Qimmatli qog`ozlar jumlasiga


Download 84.5 Kb.
bet3/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Qimmatli qog`ozlar jumlasiga: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg`arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg`arma daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog`ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valutani tartibga solish to`g`risida»gi Qonuniga muvofiq, chet el valutasi jumlasiga tegishli xorijiy davlatda muomalada bo`lgan va qonuniy to`lov vositasi hisoblangan banknot ko`rinishdagi chet el pullari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomiladagi, ammo O`zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo`lgan chet el pullari; schotlarda va omonatlarda bo`lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag`lar kiradi.
Obyektiv tomondan jinoyat:
1) o`tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, qimmatli qog`ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog`ozlar yasashda;
2) ularni o`tkazishda ifodalanadi.
Qalbaki biletlar yoki qimmatli qog`ozlarni yasash usullari har xil bo`lishi mumkin. Bu fotosuratlar, kompyuter texnikasidan foydalanish, chizish, matbaa yo`li bilan pul yoki qimmatli qog`ozlarni bosma usulda chiqarish va h.k. usullari bo`lishi mumkin. Jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun uni sodir etish usullarining ahamiyati yo`q.


Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish
(O`zR JK 177-moddasi)


Jinoyatning obyekti davlatning iqtisodiyot asoslaridir.
Jinoyatning predmeti «valuta qimmatligidir». O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valutani tartibga solish to`g`risida»gi Qonuniga muvofiq «valuta qimmatliklari» (qonunda «boyliklari» deyilgan) jumlasiga: chet el valutasi, chet el valutasidagi qimmatli qog`ozlar – fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar; qimmatbaho metallar – har qanday ko`rinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy, osmiy) metallar, (shunday metallardan ishlangan zargarlik va boshqa ro`zg`or buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno) tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, zumrad, yoqut hamda aleksandrit (shunday toshlardan ishlangan zargarlik va ro`zg`or buyumlari, hamda ularning parchalari bundan mustasno) kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yuqorida ko`rsatilgan qarorida: «Purkalgan oltin va tish protezlarini yasashda ishlatiladigan qimmatli metallardan ishlangan qoliplar valuta qimmatliklariga kirmaydi» 1[57]– deb ta`kidlanadi.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling