Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish
Download 84.5 Kb.
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning obyekti
- tamom bo`lgan
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish
(O`zR JK 183-moddasi) 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O`zR «Monopoliya faoliyatini cheklash to`g`risida»gi Qonuni xo`jalik yurituvchi subyektlarning bozorda raqobatlashishi bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi, monopoliya faoliyati, ya`ni monopoliyaga qarshi qonunga zid bo`lgan faoliyatning oldini olish va uni bartaraf qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Jinoyatning obyekti xo`jalik yurituvchi subyektlarning tovar bozorida faoliyat ko`rsatishi bo`yicha belgilangan tartib, iste`molchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlaridir. Obyektiv tomondan JK 183-modda 1-qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot bermaslikdan yoki bila turib haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni taqdim qilishdan iborat. JK 183-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot taqdim etish uchun belgilangan muddat o`tgan yoxud bu organlarga bila turib haqiqatga to`g`ri kelmaydigan axborot taqdim etilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi. Shaxsni JK 183-moddasining 1-qismi bilan javobgar qilish uchun u xuddi shunday qilmishni sodir etganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lishi lozim. Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash (O`zR JK 184-moddasi) Soliq yoxud boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlashning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, mazkur jinoyat sodir etilganda davlat budjeti olishi kerak bo`lgan mablag`larni olmaydi, bu esa davlatning hayotning turli sohalarida o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo`lgan moddiy-texnik imkoniyatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, soliq turlaridan bosh tortish boshqa jinoyatlarni sodir etish, yashirin iqtisodiyot shakllanishi uchun zamin yaratadi, bozor munosabatlari rivojlanishi va faoliyatiga to`sqinlik qiladi, chunki budjet siyosatining barqarorligini buzadi, jamiyatda ijtimoiy keskinlik va siyosiy beqarorlikni vujudga keltiradi. Buning hammasi tahlil qilinayotgan qilmish iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng og`ir jinoyatlardan hisoblanishini tasdiqlaydi. Jinoyat obyekti har bir jismoiy va yuridik shaxs tomonidan qonun bilan belgilangan soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdek konstitutsiyaviy burchlarni bajarish bo`yicha davlatning moliyaviy sohadagi ijtimoiy munosabatlaridir. JK 184-moddasida javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyatning predmeti – soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa to`lovlar hisoblanadi. Bu tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek, amaldagi soliq qonunchiligida qo`llanilgan ta`riflarga murojaat etish lozim. Qonunchilikka muvofiq, yuqorida qayd etilgan atamalar ma`nosi quyida keltirilgan: soliqlar – davlat va (yoki) mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini moliyaviy ta`minlash maqsadida tashkilot va jismoniy shaxslardan ularga tegishli bo`lgan pul mablag`larini begonalashtirish shaklida olinadigan majburiy, individual qaytarib berilmaydigan to`lovlar. O`zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar va yig`imlar amal qiladi: Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling