Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet11/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Subyektiv tomondan mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyat qasddan sodir etiladi.
Jk 1841-modda 1, 2, 3-qismlari bo`yicha 16 yoshga to`lgan va budjet intizomini buzgan budjet intizomini saqlash ma`suliyati yuklatilgan shaxslar 4-qismi bo`yicha esa pul mablag`larini berish haqida qaror qabul qilinishi o`ziga bog`liq bo`lgan rahbarlar yoki boshqa mansabdor shaxslar jinoyatning subyekti bo`lishlari mumkin.


Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
(O`zR JK 185-moddasi)


Jinoyat obyekti qimmatbaho metallar yoki toshlar bilan muomala qilishning belgilangan tartibidir.
Yer ostidan qazib olinadigan qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina, radiy, iridiy, osmiy, palladiy va h.k.) yoki qimmatbaho toshlar (olmos, zumrad, marvarid, ametist, feruza va h.k.) jinoyatning predmeti hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarining buzilishi natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazilishida ifodalanadi.
Tahlil qilinayotgan jinoyat moddiy tarkib bo`lib, davlatga ko`p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Uning sodir etilish motivi va maqsadi jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi.
Mazkur jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzgan shaxs bo`lishi mumkin.


Rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o`tkazish qoidalarini buzish
(O`zR JK 1851-moddasi)


Jinoyat obyekti rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, foydalanish va ularni o`tkazishning qonun bilan belgilangan tartibi hisoblanadi.
Jinoyatning predmeti har qanday rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlaridir.
Jinoyatning obyektiv tomoni shunday qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin qimmatbaho metallar turkumiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o`tkazish qoidalarini buzishdan iborat.
Olish deganda, ularning sotib olinishini, to`lanmagan qarz evaziga olinishini va h.k.larni tushunish zarur.
Mazkur modda dispozitsiyasida sanab o`tilgan biron-bir xatti-harakat (tayyorlash, olish, foydalanish yoki o`tkazish) sodir etilgan paytdan e`tiboran jinoyat tugallangan deb e`tirof etiladi.
Shaxsni ushbu modda bilan javobgar qilish uchun unga nisbatan dastlab shunday qilmishni sodir etganligi uchun ma`muriy jazo qo`llanilgan bo`lishi lozim.
Qimmatbaho metallar turkumiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o`tkazish o`zganing mulkiga shikast yetkazish, o`zganing mulkini o`g`rilash yoxud xizmat mavqeini suiiste`mol qilish bilan birgalikda sodir etilgan hollarda aybdorning qilmishi jinoyatning jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling