Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet10/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Budjet intizomini buzish
(O`zR JK 1841-moddasi)

O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi Qonuniga binoan Jinoyat kodeksi 1841-modda bilan to`ldirilgan.


Jinoyatning obyekti budjet intizomining belgilangan tartibi, shuningdek fuqarolarning manfaatlaridir.
Obyektiv tomondan JK 1841-moddasida nazarda tutilgan jinoyat:
1) budjet mablag`larini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo`llashda; 2) shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo`yicha budjetdan ajratilgan mablag`larning limitlardan ortib ketishida; 3) shtat smeta intizomini buzishda ifodalanadi.
Jinoyat mazkur moddaning dispozitsiya qismida nazarda tutilgan harakatlardan bittasi sodir etilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan, deb topiladi.
Aybdor ma`muriy javobgarlikka tortilganidan so`ng, yana budjet intizomini buzsa, u JK 1841-moddasining 1-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Budjet intizomini ko`p miqdorda buzish 1841-moddaning 2-qismida, juda ko`p miqdorda buzish esa 1841-moddaning 3-qismida ko`rsatilgan jinoyat uchun javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ushbu modda 4-qismining obyektiv tomoni budjetdan moliyalanadigan muassasa va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar to`lovi uchun pul mablag`lari berishning bank rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan asossiz ravishda kechiktirilishida ifodalanadi.
Jinoyat budjetdan moliyalanadigan muassasa va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va boshqa xarajatlar to`lovi uchun pul mablag`lari berish asossiz ravishda kechiktirilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan, deb hisoblanadi.
JK 1841-moddasining 4-qismi ham ma`muriy preyuditsiyaga egadir.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling