Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet9/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

umumdavlat soliqlariga yuridik shaxslar daromad (foyda) solig`i; jismoniy shaxslar daromad solig`i; qo`shilgan qiymat solig`i; aksiz solig`i; yer osti boyliklaridan foydalan­ganlik uchun soliq; ekologiya solig`i; suv resurslaridan foyda­langanlik uchun soliqlar kiradi;

  • mahalliy soliqlar va yig`imlarga quyidagilar ki­radi: mol-mulk solig`i; yer solig`i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatgan­lik uchun olinadigan soliq; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig`im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig`imlari; yuridik shaxslarni, shu­ningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro`yxatga olganlik uchun yig`im;

  • yig`imlar – bu madaniy-maishiy xizmatlarni ko`rsatish yoxud hukumatning mahalliy organlari nazorati ostida o`tkaziladigan boshqa chora-tadbirlarni, masalan, savdo huquqi uchun to`lov, tovarlarning alohida turlari savdosi uchun litsenziya to`lovi kabilar amalga oshirilishi bilan bog`liq bo`lgan xara­jatlarni qisman qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan o`rnatilgan to`lovlardir. O`zbekistonda faqat mahalliy yig`imlar ko`zda tu­tilgan;

  • bojlar – O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchi­ligi tomonidan o`rnatilgan, jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini ko`zlagan holda ma`lum harakatlarni qilish va yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni maxsus vakolatli muassasalarda (masalan, notarial harakatlarni amalga oshir­ganda, sud yo`li bilan bahslarni hal qilganda va hokazolarda) hujjatlarni berish uchun olinadigan to`lovdir.

  • boshqa to`lovlar – bu amaldagi qonunchilik bilan belgi­langan, turli maqsadli davlat budjetidan tashqari jamg`armalarga jismoniy va yuridik shaxslar daromadlaridan pul mablag`larini majburiy o`tkazish, masalan, Nafaqa fondi, Yo`l fondi, ijtimoiy va shaxsiy sug`urta, mulk sug`urtasi bo`yicha to`lovlar va hokazo.


Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling