Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
Download 84.5 Kb.
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish. (O`zR JK 185 2 -moddasi)
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va undan ko`zlangan maqsad qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.
16 yoshga to`lgan har qanday aqli raso shaxs jinoyatning subyekti bo`lishi mumkin. Qimmatbaho metallar turkumiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o`tkazish qoidalarining buzilishi mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan hollarda uning qilmishi jinoyatlar jami ushbu modda va JKning 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste`mol qilish) bilan yoxud JKning 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish. (O`zR JK 1852-moddasi) Jinoyat kodeksiga ushbu moddaning kirtilishi milliy qonunchiligimizning rivojlanish mahsuli bo`lib, davlatning energiya tashuvchi qurilmalariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishini o`zida ifoda etadi. Tahlil qilinayotgan jinoyatning obyekti- energiya tashuvchi qurilmalardan ratsional foydalanish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlar bo`lib, u strategik ahamiyatga molik moddiy-texnik resurslari hisoblanadi. Qo`shimcha obyekt chifatida hisoblash qurilmalariga ega bo`lish, shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligi kirishi mumkin. Ushbu jinoyat obyektiv tomondan quyidagicha sodir etilishi mumkin: a) o`zboshimchalik bilan gaz va suv quvurlariga ulanish; b) elektr,issiqlik energiyasi,tabiiy gaz, issiq yoki sovuq suvni hisoblovchi qurilmalarni buzish; v) ushbu hisoblash asboblariga ularning ko`rsatkichlarini o`zgartirish maqsadida ta`sir ko`rsatish. Suv va gaz qurilmalari tarmog`i deganda – gaz yoki suvni ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) iste`molchiga (sotib oluvchiga) yetkazish va uning uzluksizligi hamda texnologik birligi (masalan, kompressor qurilmalari, ulovli trubalar) tushuniladi. Ushbu holatda gaz va suv qurilmalari tarmog`idagi mavjud texnik uzilishlar (ya`ni, mazkur tarmoqqa mos keladigan shartli loyihalar, masalan, truba o`rniga avtomobil transportidan foydalanish) mazkur moddadagi nazarda tutilgan tarmoq mazmuniga mos kelmaydi. Gaz va suv tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan, ya`ni qonunda o`rnatilgan tartib asosida vakolatli organ ruhsatisiz ulanish ijtimoiy xavfli hsoblanadi. Adabiyotlar: Samoranov YU.V. Otvetstvennost za falshivomonetnichestvo. – M.: VSH MOOP RSFSR, 1963. Karpushin M.P. O nekotorix voprosax kvalifikatsii valyutnix prestupleniy. – SP, 1964, №1. Mixaylov M., Milko YU. Kvalifikatsiya narusheniy pravil o valyutnix operatsiyax. – SYU, 1966, №1. Borzenkov G., Vishinskaya Z. Kak kvalifitsirovat poddelku lotereynix biletovq – SZ, 1968, №8. Kulchixin V.V. Sporno`ye voprosi kvalifikatsii valyutnix prestupleniy. – Pravovedeniye, 1968, №3. Karpushin M.P., Xaspulatova K. Sennie bumagi. C3, 1969, №10. Samoylov V.G. Spornie voprosi kvalifikatsii narusheniy pravil o valyutnix operatsiyax // SZ, 1970, №11. Gulyayev A., Tarasenko M. Kvalifikatsiya poddelki gosudarstvennix sennix bumag. // SYU, 1973, №7. Larichev V.D. Prestupleniya v kreditno-denejnoy sfere i protivodeystviye im. M.: Infra-M., 1996. Krilov V.V. Informatsionnie kompyuternie prestupleniya. M. Izdatelskaya gruppa INFRA. M-NORMA, 1997. Aminov D.I., Revin V.P. Prestupnost v kreditno-bankovskoy sfere. M.: «Brandes», 1997. Gauxman L.D., Maksimov S.V. Prestupleniya v sfere ekonomicheskoy deyatelnosti. M., 1998. Krushin V.D., Minkev V.A. Kompyuternie prestupleniya i informatsionnaya bezopasnost. M. Noviy yurist, 1998. Galaguza N.F., Larichev V.D. Prestupleniya v straxovanii. M.: Ankil, 2000. 1 Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling