Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet4/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

«Chet el valutasi» – tegishli xorijiy davlatda to`lov vositasi hisoblangan banknot ko`rinishidagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo O`zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi mumkin bo`lgan chet el pul belgilari; schotlarda va omonatlarda bo`lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag`lar.
Obyektiv tomondan jinoyat shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin fuqarolarning qonunga xilof ravishda ancha miqdorda valuta qimmatliklarini olishi yoki o`tkazishida ifodalanadi.
Aybdorning qilmishini O`zR JK 177-moddasi 1-qismi bo`yicha kvalifikatsiya qilish uchun qonunga xilof ravishda olingan yoki o`tkazilgan valuta qimmatliklarining miqdorini va ilgari shunday harakatlar sodir etgani uchun aybdorga nisbatan ma`muriy jazo choralari qo`llanganligini aniqlash zarur. Xuddi shunday qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin fuqarolarning qonunga xilof ravishda ancha miqdorda valuta qimmatliklarini olgan yoki o`tkazgan vaqtdan e`tiboran jinoyat tamom bo`lgan deb hisoblanadi.


Chet el valutasini yashirish
(O`zR JK 178-moddasi)

Mazkur jinoyatning obyekti Respublikada belgilab qo`yilgan iqtisodiy resurslarni shakllantirishning tartibidir.


Obyektiv tomondan jinoyat Respublikaning vakolatli bank­laridagi hisob varaqlarga o`tkazilishi lozim bo`lgan chet el valutasini yashirib qolishda ifodalanadi.
Jinoyat chet el valutasi yashirib qolingan paytdan, ya`ni uni vakolat berilgan banklardagi hisobvaraqlarga o`tkazish uchun belgilangan muddat tugagan paytdan yoxud chet el valutasi qisman o`tkazilgan va qolgan summa yashirib qolingan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Agar korxona, muassasa yoki tashkilotda valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs o`z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi sababli chet el valutasi yashirib qolingan bo`lsa, u muayyan holatlarda mansabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling