Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
Download 84.5 Kb.
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo`jalik yurituvchi subyektning
- Jinoyatning subyekti
Soxta bankrotlik
(O`zR JK 180-moddasi) Mazkur jinoyatning obyekti tadbirkorlik tuzilmalarining normal faoliyat ko`rsatishini, xo`jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Bankrotlikka taalluqli ko`pgina masalalar O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to`g`risida»gi qonunida tushuntirib berilgan. Obyektiv tomondan jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning o`z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib haqiqatga to`g`ri kelmaydigan e`lon berishi natijasida kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishida namoyon bo`ladi. Subyektning bila turib, o`zining nochorligi haqidagi yolg`on ma`lumotni e`lon qilishi soxta bankrotlik hisoblanadi. Xo`jalik yurituvchi subyekt haqiqatda kreditorlar oldidagi o`z majburiyatlarini bajarishga qodir bo`lgani holda, ularni bajarishdan ataylab bo`yin tovlab, o`zini bankrot deb e`lon berishi, ataylab haqiqatga to`g`ri kelmaydigan e`lon berish hisoblanadi. Xo`jalik yurituvchi subyekt qonunda belgilangan tartibni buzib o`zining iqtisodiy nochorligini e`lon qilgan hollarda, aybdorning qilmishi muayyan holatlar mavjud bo`lganida firibgarlikni vujudga keltiradi. Agar mansabdor shaxs soxta hujjatlar taqdim etib, bankrotlik to`g`risida e`lon bersa, uning qilmishlari jinoyatlarning jami bo`yicha JK 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan ham kvalifikatsiya qilinadi. Xo`jalik yurituvchi subyektning jinoiy harakatlari oqibatida kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishi soxta tadbirkorlikning zaruriy belgisi hisoblanadi. Ko`p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e`tiboran jinoyat tamom bo`lgan deb hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadi qilmishning kvalifikatsiyasiga ta`sir qilmaydi. Jinoyatning subyekti tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi, 16 yoshga to`lgan har qanday shaxs hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan Jinoyat kodeksining 180-moddasi quyidagi mazmundagi 2-qism bilan to`ldirilgan: «Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi». Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling