Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Download 84.5 Kb.
bet5/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Jinoyatning subyekti korxona, muassasa yoki tashkilotlarda valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxslargina bo`lishlari mumkin.
Shaxs chet el valutasini:
1) g`arazgo`ylik bilan;
2) takroran;
3) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yashirgan bo`lsa, uning qilmishi JK 178-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Farazgo`ylik deganda, aybdorning chet el valutasini yashirishi natijasida moddiy naf ko`rish tushuniladi.
Agar chet el valutasini yashirish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan bo`lsa, jinoyatchi JK 178-moddasining 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.


Soxta tadbirkorlik
(O`zR JK 179-moddasi)

Ushbu jinoyatning obyekti korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi tuzilmalarning qonunda, o`z Nizomida belgilangan faoliyatini ta`minlovchi ijtimoiy munosabatlar davlat jamiyat va fuqaroning tadbirkorlik faoliyati sohasidagi iqtisodiy manfaatlari hisoblanadi.


Jinoyatning obyektiv tomoni Nizomda ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamasdan korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarni tuzishda ifodalanadi. O`zR FK 40-moddasiga muvofiq, foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni shunday maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo`lishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo`lgan yuridik shaxs xo`jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo`lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy taminlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
O`z FK 41-moddasida yuridik shaxs o`zining ta`sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqaroviy huquq layoqatiga ega bo`ladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning nizomi yoki qonun hujjatlarida belgilangan bo`ladi.
Har bir tuzilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik tuzilmasi faqat o`z Nizomida ko`rsatilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanishi kerak. Soxta tadbirkorlikda esa tuzuvchilar o`z Nizomida ko`rsatilgan faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko`zlamaydi, balki korxona boshqa maqsadlarini ko`zlab tuziladi.



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling