Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
Download 84.5 Kb.
|
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning subyekti
- O`zR JK 175-moddasi 2-qismi
- Jinoyatning obyekti
- Aksiz markalar
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim tuzilgunga qadar uning Respublika manfaatlari uchun naf keltirmasligini bilishi kerak.
Agar mansabdor shaxs o`zining xizmat vazifasiga sovuqqonligi natijasida shunday bitim tuzsa, uning xatti-harakati JK 207-moddasiga binoan (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) kvalifikatsiya qilinadi.. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikatsiyasiga ta`sir qilmaydi. Jinoyatning subyekti davlat organi, mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxs qilmishni: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo`lsa, u O`zR JK 175-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish (O`zR JK 176-moddasi) Qalbaki pul yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazishning ijtimoiy xavfliligi qog`oz pul yoki qimmatli qog`ozlar ko`payib ketishiga, ya`ni pul va tovar massasining o`zaro mutanosibligining buzilishiga sabab bo`ladi. Muomalada tovar bilan ta`minlanmagan qog`oz pullar paydo bo`ladi, bu esa pulning qadrsizlanishiga, iqtisodiy beqarorlikka sabab bo`ladi, davlat iqtisodiyotining asoslariga putur yetkazadi. Jinoyatning obyekti davlatning pul va kredit tizimidir. Jinoyatning predmeti bank biletlari (banknotlar), ya`ni puldir. O`zbekiston Respublikasining pul birligi so`m, shuningdek metall tangadir. Bank biletlari (banknotlar), ya`ni pullar (so`mlar) 1, 3, 5, 10, 50, 100, 200, 500, 1000 so`mlikdir. Metall tangalar – 1, 2, 3, 4, 5, 10, 20 tiyinlikdir. Aksiz markalar markirovkalanishi shart bo`lgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi xo`jalik yurituvchi subyektlarning talabnomalari bo`yicha aksiz markalari uchun haq to`lanib, Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasining hududiy organlarida ro`yxatdan o`tilganidan keyin «Paxtabank»ning mintaqaviy bo`limlari tomonidan beriladi. Aksiz markasi aksiz solig`i to`langaniga dalildir. Aksiz markalari qat`iy hisobda turadigan blanklar hisoblanadi. O`zR FK 96-moddasiga muvofiq «mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog`ozlar hisoblanib, ular taqdim etilgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo`ladi». Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling