Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar


Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish


Download 84.5 Kb.
bet8/12
Sana18.02.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1210460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatilar

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish
(O`zR JK 183-moddasi)

1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O`zR «Monopoliya faoliyatini cheklash to`g`risida»gi Qonuni xo`jalik yurituvchi subyektlarning bozorda raqobatlashishi bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi, monopoliya faoliyati, ya`ni monopoliyaga qarshi qonunga zid bo`lgan faoliyatning oldini olish va uni bartaraf qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.


Jinoyatning obyekti xo`jalik yurituvchi subyektlarning tovar bozorida faoliyat ko`rsatishi bo`yicha belgilangan tartib, iste`molchilar va jamiyatning qonuniy manfaatlaridir.
Obyektiv tomondan JK 183-modda 1-qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot bermaslikdan yoki bila turib haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni taqdim qilishdan iborat.
JK 183-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot taqdim etish uchun belgilangan muddat o`tgan yoxud bu organlarga bila turib haqiqatga to`g`ri kelmaydigan axborot taqdim etilgan paytdan e`tiboran tamom bo`lgan deb hisoblanadi.
Shaxsni JK 183-moddasining 1-qismi bilan javobgar qilish uchun u xuddi shunday qilmishni sodir etganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lishi lozim.


Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash
(O`zR JK 184-moddasi)

Soliq yoxud boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlashning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, mazkur jinoyat sodir etilganda davlat budjeti olishi kerak bo`lgan mablag`larni ol­maydi, bu esa davlatning hayotning turli sohalarida o`z zimma­siga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun za­rur bo`lgan moddiy-texnik imkoniyatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, soliq turlaridan bosh tortish boshqa jinoyatlarni so­dir etish, yashirin iqtisodiyot shakllanishi uchun zamin yaratadi, bozor munosabatlari rivojlanishi va faoliyatiga to`sqinlik qi­ladi, chunki budjet siyosatining barqarorligini buzadi, jami­yatda ijtimoiy keskinlik va siyosiy beqarorlikni vujudga kel­tiradi. Buning hammasi tahlil qilinayotgan qilmish iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan eng og`ir jinoyatlardan hisoblanishini tasdiqlaydi.


Jinoyat obyekti har bir jismoiy va yuridik shaxs tomoni­dan qonun bilan belgilangan soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdek konstitutsiyaviy burchlarni bajarish bo`yicha davlat­ning moliyaviy sohadagi ijtimoiy munosabatlaridir.
JK 184-moddasida javobgarlikni nazarda tutuvchi jino­yatning predmeti – soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa to`lovlar hisoblanadi. Bu tushunchalarning mazmunini aniqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, shuningdek, amaldagi soliq qonunchiligida qo`llanilgan ta`riflarga muro­jaat etish lozim.
Qonunchilikka muvofiq, yuqorida qayd etilgan atamalar ma`nosi quyida keltirilgan:

  • soliqlar – davlat va (yoki) mahalliy hokimiyat organ­lari faoliyatini moliyaviy ta`minlash maqsadida tashkilot va jismoniy shaxslardan ularga tegishli bo`lgan pul mablag`larini begonalashtirish shaklida olinadigan majburiy, individual qaytarib berilmaydigan to`lovlar.

O`zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlar va yig`imlar amal qiladi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling