Narxga bog’liq bo’lmagan omillar Bozorda tovarga bo'lgan talabning o'zgarishiga narxga bog'liq bo'lmagan boshqa omillar ham ta'sir qiladi. Bu omillar quyi dagilar:
1. Iste'molchilarning didi va yil mavsumining o'zgarishi, Iste'molchilar didi, yil mavsumi o'zgarishi va moda o'zgarishi natijasida tovarga bo'lgan talab o'sishi va aksincha, pasayishi hail mumkin. Masalan, yozda paltoga bo'lgan talab pasayadi.
2. Bozordagi iste'molchilar sonining o'zgarishi. Ma'lumki, iste'molchilar soni ortsa, ularning biror tovarga bo'lgan talabi ham o'sadi, va aksincha. Masalan, shahar aholisining ko'payisln tibbiy xizmatga bo'lgan talabning o'sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |