Iqtisodiyot bilan tanishuv
Download 0.91 Mb.
|
8-sinf Iqtisod.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Almashtirish omili.
1.Daromad omili. Odamlar tovarni arzon narxda qimmat narxdagiga qaraganda ko'proq sotib olishga ishtiyoqmand bo'lishadi, chuki tovar narxining pasayishi iste'molchilarning xarid qobiliyatini oshiradi. Masalan, bozorda go'sht narxi tushsa, odamlar oldin xarid qilayotgan oilaning iste'mol savatidagi narsalarni kamroq pul sarflab sotib olishadi. Natijada, qanchadir pul ortib Вu pulga qo'shimcha miqdorda yana go'sht yoki boshqa tovarni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
2.Almashtirish omili. Xaridorlar narxi qimmat bo'lgan tovarni, uning o'rnini bosadigan boshqa arzon tovarga almashtiradi. Masalan, yoz kunlarida olma narxining pasayishi bois istemolchilar mevaga bo'lgan ehtiyojlarini olma sotib olib iste'mol qilishi bilan qondirishadi. Chunki, bu davrga kelib olma narxi apelsin yoki banan narxiga nisbatan ancha arzon bo'lib qoladl Shuning uchun qimmat apelsin va banan o'rnini olma egallayili Toyar narxining o'zgarishi bu ikki omilni keltirib chiqaraill va ularning o'zaro ta'siri natijasida tovarga bo'lgan talab miqdori shakllanadi. Alohida olingan shaxsning biror tovarga bo'lgan talabi uninj bu tovar haqidagi qanday va qanchalik to'liq ma'lumotlarga egn ekanligiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Haqiqatan, biror to varga bo'lgan talabning oshishi uchun tovarning sifatli qilib chiqarilishining o'zi yetarli emas. Bu holatda tovarning sifatfl qilib chiqarilayotganligi haqidagi ma'lumotning iste'molchilargu yetib borishi muhimroq hisoblanadi. Shuningdek, tovarga bo'lgan talabning o'zgarishiga: a) iste'molchining daromadlari; b) boshqa tovarlarning xususiyatlari va narxi haqidagi ma'lumotlar ta'sir etadi., Tovarning narxi qancha past bo'lsa, unga bo'lgan talab miqdori shuncha ko'p bo'ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo'lsa, unga bo'lgan talab miqdori shuncha kam bo'ladi. Tovarga bo'lgan talab yuqoridagi jadval ko'rinishida berilgan. U asosida talab chizig'ini quring. Talab chizig'iga ko'ra, narx 120, 200, 280 so'm bo'lgandagi talab miqdorini aniqlang. Oilangiz bir hafta davomida qancha go'sht iste'mol qilishini aniqlang. Agar go'sht narxi ikki baravar arzon bo'lganda, go'sht iste'mol qilish qanchani tashkil qilar edi? Ikki baravar qimmat bo'lgandachi? Bu ma'lumotlarga ko'ra oilangizning bir hafta davomidagi go'shtga bo'lgan talab jadvalini tuzing va talab chizig'ini quring. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling