Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi


Soliq tizimidagi o’zgartirishlar


Download 47.27 Kb.
bet11/11
Sana08.01.2022
Hajmi47.27 Kb.
#244682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3.1Soliq tizimidagi o’zgartirishlar.

2019 yilda yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkasi 14 dan 12 foizga, mol-mulk solig‘i stavkasi 5 dan 2 foizga, yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 dan 4 foizga va yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 dan 12 foizga pasaytirildi.Prezidentimizning 2019 yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 dan 15 foizga tushirildi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilindi. Hozir viloyatimizda 75375 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda va shu kungacha 9 314 ta yuridik korxona, 13 382 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yekti yangidan tashkil etildi va 4700 ta to‘xtab qolgan sub’yektlarning faoliyati tiklandi.  soliq yuki kamayganda soliq to‘lovchi ko‘payadi. Misol uchun, yil boshida viloyatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 619 ta bo‘lgan bo‘lsa, soliq sohasidagi islohotlar samarasida hozir ularning soni 6508 taga yetdi. Ikkinchidan, soliqdan tejalgan mablag‘ bevosita korxona xodimlari maoshiga, ularni ijtimoiy himoya qilishga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflanadi. Demak, bu tashkilotlarda ham soliq hajmi ortadi.Viloyat shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalarini zamonaviy ko‘rinishga olib kelish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019 yil davomida Paxtachi va Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyalari to‘liq ta’mirlangan bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyalari joriy ta’mirlandi.



2019 yilda O‘zbekiston soliq siyosatida tarixiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi. Gap shundaki, Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu konsepsiya doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab soliq siyosatida mutlaqo yangi tizim joriy etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi davlat soliq katta inspektori Akmal Nazarov bu haqda fikrlari:

– Soliq solishning soddalashtirilgan tartiblari davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishga, soliq qonunchiligini soddalashtirish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – deydi A.Nazarov. – Endi bevosita 2019 yil 1 yanvardan soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12 foiz miqdorida joriy etilmoqda.

Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu – yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25 foizdan 12 foizgacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trillion so‘mni tashkil qiladi.

Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8 foiz) bekor qilinadi.

Aytaylik, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisiga 1 million 908 ming so‘m ish haqi hisoblansa, soliqlar va to‘lovlar ushlab qolinganidan so‘ng 1 million 520 ming so‘m qo‘liga olgan. 2019 yildan esa ushbu tarbiyachi 1 million 680 ming so‘m oylik olishni boshlaydi.

Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investisiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

 

– tijorat banklari uchun foyda solig‘i stavkasi 22 foizdan 20 foizgacha;

 

– korxona va tashkilotlar uchun 14 foizdan 12 foizgacha;

 

– dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar uchun 10 foizdan 5 foizgacha kamaytiriladi.

 

Bu esa soliq to‘lovchilar ixtiyorida 582 milliard so‘m mablag‘ qoldirish imkonini beradi.

 

Yuridik shaxslarning aylanmasidan (tushumi) undiriladigan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bekor qilinmoqda. Bu ajratma 15 foiz rentabellik bilan ishlaydigan korxona uchun 21,3 foizlik foyda solig‘i bilan tengdir. Demak, foyda solig‘i stavkasi bilan birga umumiy soliq yukining kamayishi qariyb 23,5 foizni tashkil qiladi. Buning hisobiga respublika bo‘yicha soliq to‘lovchilarning ko‘radigan foydasi 5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qiladi.



Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilmoqda. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilmoqda. Ya’ni haqiqatan ham kichik korxona bo‘lgan to‘lovchilar uchun bir yillik soliq to‘lovi summasi 10 million so‘mgacha kamayishi mumkin.

 

Yillik aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13-40 foizga kamaytiriladi. Yillik aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori va 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4 foizlik stavkada soliq to‘lashga o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilinadi.

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.

 

Endilikda har bir tuman (shahar)dagi korxonalar vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi mas’ul xodimlari buxgalterlari mavjud bo‘lmagan xo‘jalik sub’ektlariga elektron hisobvaraq-fakturalarini yuritish qoidalarini o‘rgatadi.

 

Umumbelgilangan rejimda soliq to‘lashga o‘tayotgan har bir korxonaga hududiy davlat soliq xizmati organlaridan xodimlar biriktirilib, birinchi marotaba topshiriladigan hisobotlar yoki to‘ldiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalari birgalikda amalga oshiriladi hamda 2019 yil davomida bevosita amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.

 

Sirasini aytganda, soliq tizimidagi bu kabi o‘zgarishlar aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) sotishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda taqdim etishi va qabul qilishi shart. Soliq to‘lovchilar elektron hisobvaraq-fakturalar operatorini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlashlari mumkin. Shu bilan birga, elektron hisobvaraq-fakturalarning alohida operatorlari 2020 yil boshida o‘z xizmatlarini bepul taqdim etadilar.

Ko‘p sonli soliq to‘lovchilarni elektron hisob operatorlariga ulash zarurati tufayli, 2020 yil 1 iyulga qadar soliq organlari belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llamaydilar. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan birgalikda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning, shu jumladan ularni qog‘ozda rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan holatlarni hisobga olgan holda, yangi tartibi yetkaziladi. Hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish tartibi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganiga qadar soliq to‘lovchilar 2019 yilda amalda bo‘lgan tartibni qo‘llashlari kerak (ro‘yxat raqami 3126, 2019 yil 21 yanvar). Shunga o‘xshash tartib onlayn kassa apparatlaridan foydalanishda ham qo‘llaniladi.



Soliq ma’muriyatchiligi masalalari.

Soliq organlarining soliq to‘lovchining soliq qarzini undirishni uning debitoridan olinadigan summaga qaratish huquqi bekor qilinadi.

Soliq organlarining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni o‘z vaqtida qaytarish uchun javobgarligi kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanksiyalar summalarini, ushbu summalarni undirish (to‘lash) davrida amalda bo‘lgan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi. Aynan shu tartibda, ortiqcha to‘langan soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish) mexanizmi joriy etilmoqda. Shu bilan birga, soliq summasini qaytarishda har bir kechiktirilgan kun uchun soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga foiz to‘lash nazarda tutiladi.

Soliq organlariga risk-tahlil asosida kameral soliq tekshiruvlari, sayyor soliq tekshiruvlarini va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini amalga oshirishning yangi tartibi nazarda tutilgan. Soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari faqat Soliq kodeksida nazarda tutilgan va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin o‘tkazilishi mumkin. Xususan, Soliq kodeksi soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini nazarda tutadi:



1. Kameral soliq tekshiruvi (soliq to‘lovchining hisobotini soliq organida o‘rganish va uni bojxona organlari, banklar, energetika korxonalari, kadastr va boshqalarning ma’lumotlari bilan solishtirish), uning natijasida soliq to‘lovchi soliq hisobotiga tuzatishlar kiritishi yoki asoslantirilgan sabablarni ko‘rsatishi kerak. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i bo‘lishi shart. Shu bilan birga, kameral soliq tekshiruvi doirasida soliq organining mansabdor shaxsiga soliq to‘lovchidan ma’lum bir soliqni hisoblashning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni talab qilish huquqi beriladi. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalar, qo‘llanilmaydi, lekin penya hisoblanishi mumkin;

2. Sayyor soliq tekshiruvi (soliq to‘lovchining ayrim ko‘rsatkichlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish), uning maqsadi faktlarni qayd etishdan iborat. Sayyor soliq tekshiruvi soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash hamda boshqa majburiyatlar bajarilishi masalalarida ma’lumot to‘plash uchun amalga oshiriladi. Sayyor soliq tekshiruv natijalari bo‘yicha soliqlar qo‘shimcha hisoblanmaydi.

3. Soliq auditi — katta hajmdagi oborotlarda yuqori darajada riskka ega bo‘lgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama o‘rganish. Soliq auditi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq to‘lovchilarda o‘tkaziladi. Soliq auditi natijalariga ko‘ra qo‘shimcha soliqlar hisoblanishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi amalga oshirilishi mumkin.

Shu bilan birga, quyidagicha tartib joriy etiladi, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvargacha davlat soliq xizmati organlari soliq auditi tayinlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qiladilar.

Soliq nizolarini sudgacha hal etish tartibi aniqlashtirilgan, shuningdek soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqib, javobgarlik choralari belgilangan. Bunda, soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin bo‘ladi.

Soliq kodeksida quyidagilar ko‘zda tutilgan:



  • soliqlarni to‘lashni ta’minlovchi yangi vositalar, shuningdek kollegial organlar (komissiyalar)ning ishtirokisiz pullik asosda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini kiritilishi;

  • soliq solishdan bo‘yin tovlashga qarshi normalarni, shu jumladan «bitimlarni qayta kvalifikatsiyalash», «soxta bitimlarni» bekor qilish, firibgarlik bitimlari bo‘yicha chegirmalarni taqdim etmaslikni belgilash

3.2.BYUDJET SOLIQ SIYOSATI MASALASIDA PRIZIDENTIMIZ QARASHLARI

PREZIDENTIMIZNING 31-oktabrdagi yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo?ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig?ilish o?tkazdi. Davlat byudjeti deganda, avvalo, davlat pul mablag‘larining jamg?armasi tushuniladi. Soliqlar, bojxona yig‘imlari va boshqa turdagi to?lovlar ko‘rinishida yil mobaynida davlat g‘aznasiga kelib tushgan mablag?lar, ya‘ni, tushumlar orqali mamlakat byudjeti shakllantiriladi. Ushbu mablag‘lar, o‘z navbatida, hayotimizning turli jabhalari, qator ijtimoiy sohalar rivoji uchun maqsadli yo‘naltiriladi. Eslatish joiz, 2018-yilning 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Byudjet ma‘lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta‘minlash chora-tadbirlari to?g?risida"gi qarorga imzo chekdi.Mazkur qarorga muvofiq, byudjet ma?lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag?larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o?rnatishning yangi tartibi belgilangan.Ushbu tizimga ko?ra, 2020-yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.

Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo?yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.

Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas‘uliyati ham kuchaytirilmoqda. Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o?ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro?yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o?tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqaxizmatini ko?rsatish uchun aksiz solig?i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o?rtasida qayta taqsimlanadi. Qo?shilgan qiymat solig?i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig?i bo?yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to?liq xududlarda qoldiriladi.

2020-yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo?shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma?qullangan yo?nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo?lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to?g?ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim.

Yig?ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko?rsatkichlari, kelgusi yilga mo?ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta?sir etishi mumkin bo?lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi.

Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg?armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o?sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo?lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo?lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur?atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o?rtasida "iqtisodiy urushlar" davom etmoqda. Bu omillar O?zbekiston iqtisodiyotiga ta?sir etmay qolmaydi, albatta.

Prezidentimiz makroiqtisodiyot va davlat byudjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta?kidladi.

– Iqtisodiyot tarmoqlarini "oyoqqa turg?azish", raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo?lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko?payishini ta?minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda "zo?r ishladi yoki yuqori natija berdi", deb ayta olmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to?lov qobiliyatiga salbiy ta?sir etayotgani ko?rsatib o?tildi.

– Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o?rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko?p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to?lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko?paytirish va iqtisodiy o?sishni ta?minlashimiz kerak, – deya ta?kidladi davlatimiz rahbari. Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go?sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklarishlab chiqarish bo?yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste?mol talabi qondirilib, inflyatsiya me?yorlashishi mumkinligi qayd etildi. Oziq-ovqat, go?sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020-yilda sezilarli ko?paytirish bo?yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo?yicha topshiriqlar berildi.

Inflyatsiya darajasiga ta?sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo?lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo?yicha vazifalar qo?yildi.

Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o?rinlarini ko?paytirish muhimligi qayd etildi.

Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o?z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi.



Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o?sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko?paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas?ul bo?lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko?rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo?yicha topshiriq berildi. Yig?ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o?rni chuqur tahlil qilindi. O?zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo?lgan tarmoqlar bo?yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo?lga qo?yilmayotgani ko?rsatib o?tildi.

Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo?yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo?lsa-da, hozirda bu boradagi ko?rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "O?zcharmsanoat" uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm
Download 47.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling