Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi


-bob. Byudjet-soliq tizimining rivojlanishi


Download 47.27 Kb.
bet2/11
Sana08.01.2022
Hajmi47.27 Kb.
#244682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-bob. Byudjet-soliq tizimining rivojlanishi

3.1. Soliq tizimidagi o’zgartirishlar.................................................21

3.2. Byudjet-soliq siyosati masalasida prezidentimiz fiklari..........26

XULOSA......................................................32

Fоydalangan adabiyotlar ro’yхati..................33

I.Kirish

Mavzuning dоlzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Moliya, soliq, bank sohasidagi bir qancha o‘zgarishlar, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, uning rivojlanishi, aholi daromadlarining ortib borishi, YaIMning o‘sish sur’atlari yaxshilanishi uchun bu darajadagi islohotlar zarurdir.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, moliya va soliq tizimidagi islohotlarni takomillashtirilish ham muhim hisoblanadi.

Chunki davlat bor ekan uning soliq tizimi ham, moliya tizimi ham mavjud bo‘ladi. Bu ikkala tizim bir - biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni ajratib bo‘lmaydi. Soliq bor ekan moliya bor va aksincha moliya bor ekan soliq ham mavjuddir. Umuman moliya tizimi ham, soliq tizimini ham doim takomillashishi kerakdir. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek:

“…barqaror davlat byudjetini shakllantirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligini

yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, butun soliq tizimini soddalashtirish va

uning oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tartiblar ko‘zda tutilish kerak…”1 deb aytganligi e’tiborga loyiqdir. Huddi shunday islohotlarning davomi sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga muvofiq aholi va tadbirkorlikni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

ustuvor yo‘nalishlari doirasida quyidagilar belgilab berilgandir;


  • soliq yukuni kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish

  • makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlash



  • Mamlakatimiz rivojlanishi yo‘lida moliya va soliq sohasiga tegishli bo‘lgan bir qancha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab berilganki, bu vazifalar mamlakatimiz rivoji uchun muhim hisoblanadi:

  • byudjet daromadlari va xarajatlarini xalq uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash;

  • soliq yukini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarish va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish;

  • soliq mamuriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metadalogiyasini tubdan takomillashtirish ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish.

Shunday ekan, mamlakatning moliya tizimi bir tomondan

markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va bu shakllantirilgan pul mablag‘larni sarflanishini tashkil etish, ularni sarflash va sarflangan mablag‘lar ustidan maqsadli ishlatilishi nazorat qilib borsa, ikkinchi tomondan, soliq tizimi orqali biz mamlakatimiz uchun pul fondlari manbasini yaratamiz. Umuman, bir so‘z bilan aytganda, moliya va soliq tizimi orqali biz mamlakatimizning iqtisodiyotini jadal rivojlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Shunday ekan mamlakatimizni modernizatsiya qilish va uni jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash uchun soliq tizimini tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.




Download 47.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling