Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi


Kurs ishi mavzusining nazariy-amaliy va uslubiy ahamiyati


Download 47.27 Kb.
bet4/11
Sana08.01.2022
Hajmi47.27 Kb.
#244682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi mavzusining nazariy-amaliy va uslubiy ahamiyati. Kurs ishining

nazariy va amaliy ahamiyati soliq tizimi bo’yicha yangicha yondashuvlarni

ishlab chiqish.

SOLIQ TIZIMI

1.1.Soliq tizimi va uning vazifalari.

Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli bo'lib,moliyaviy munosabatlaming tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Soliq — bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag'larni

Shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to'lovlarni undirish shakli.

Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ulaming tashkil

qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.

Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:

- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).

Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi,hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiscal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy Soliqlarning fiscal funksiyasi tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida

soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni

yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.

Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq

iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.

Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab

chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiscal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Davlat sarflari soUq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatida soliqlarning o'sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo'l­

gan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o'sib bo-

rishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

1. Aholi sonining o'sishi.

2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.

3. Atrof-muhitning ifloslanishi.

4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturi a rini amalga oshirish.

5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o'sishi.

Korxonaiar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo'lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning ilg'or

shakllari uchun soliq me’yorlarimng rag'batlantiruvchi rolini ta’minlash;

- soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.

1.2.Soliq stavkasi ni belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.

1. Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga

moliyalashtiriladigan dastnrlardan foydalanishi darajasiga qarab turli­

cha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.

Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining

foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R 1) deyiladi:
R ' = R/D x 100% .
2.To‘lovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.

3.Adolatliiik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur.

Soliq bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o'matiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:

- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;

- soliq to'lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlami (masalan,urush faxriylarini) ozod qilish;

- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;

- soliq olinadigan summadan chegirish;

- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki sohq summasini

ma’lum miqdorga kamaytirish).

Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.

Soliq stavkasi va daromadlar o'rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o'sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo'linadi.

1. Daromad hajmi o ‘sib borishi bilan o'rtacha stavkasi o'sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.

2. Daromad hajmi o ‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.

3. Daromad hajmi o ‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o'zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.

Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko'rinishi
Soliq

Stavkasi

Progressive soliq

Proporsianal soliq


Regressive soliq


Daromad

hajmi


Download 47.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling