Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi


Download 47.27 Kb.
bet5/11
Sana08.01.2022
Hajmi47.27 Kb.
#244682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-chizma. Progressive,proporsional va regressive soliqlarning grafik ko’rinishi
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo'shilish usuli (to'g'ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o'sishiga olib kelishini birinchi bo'lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko'ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning capital qo'yilmalariga bo’lgan rag'batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to'xtatadi, iqtisodiy o'sishni sckinlashtiradi va oxir-oqibatda davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko'rsatadi.

Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikning grafikda tasvirlanshi <Laffer egri chizig’I > nomini oldi.

R

R1

V

V1



2 – chizma.Laffer egri chizig’i

Grafik tik o'qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida — davlat budjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V1) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo'ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlami pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o'sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summa­si ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflatsiyaning susayislii ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo'ladi.Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bolishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini toiovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to ‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:

Moliyaviy siyosat - davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar majmui.

Moliyaviy siyosat diskretsion va o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlanga bo'linadi. Diskretsion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o'tkazish maqsadida soliq va davlat sarflarini o'zgartirib turish bilan bog'liq. O'z-o'zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o'zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o'zining ishga tushishiga asoslanadi. Bundan ko'rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turli iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mablag'larni davlat budjeti orqali qayta taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta’sir ko'rsatadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o'zgartirish bo'yicha qo'llanihrvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-budjet siyosati deb ataladi. Fiskal siyosat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul davrida davlat sarflarini oshirish yoki soliqlarni pasaytirish orqal#xo'jalik hayotini rag'batlantirishni,boshqa tomondan esa, iqtisodiy rivojlanishning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki soliqlarni ko'paytirish orqali yuz berishi mumkin bo'lgan inflatsiya va ishsizlikning oldini olishni ko'zda tutadi. Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi.Bundan tashqari, iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‘lib nima hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi.Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan

to‘lovlardir» .Soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonininazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroqtasavvur hosil qilishga yordam beradi. Bugungi kunda soliqkategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq,shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi fanda mavjuddir.

Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishibilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.




Download 47.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling