Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet76/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

2016

2017

2018

nisbatan o’zgarishi, %

J a m i

1366,9

1549,6

1752,2

1983,3

2245,3

164,3

Shu jumladan:



















Sanoat

2117,2

2388,6

2643,6

2925,8

3258,9

153,9

Qurilish

1930,9

2139,1

2345,9

2589,2

2855,2

147,9






















Savdo

1879,6

1990,1

2244,7

2473,6

2710,7

144,2

Tashish va saqlash

1808,8

1978,2

2368,4

2685,6

3063,8

169,4

Yashash va ovqatlanish

893,1

1048,6

1151,1

1285,7

1451,7

162,5

bo’yicha xizmatlar








































Axborot va aloqa

2055,3

2125,8

2744,4

3152,2

3635,2

176,9

Moliyaviy va sug’urta

2175,6

2657,9

3241,1

4283,5

5368,7

246,8

Faoliyati








































Ta’lim

1039,0

1191,8

1348,9

1501,0

1696,8

163,3

Sog’liqni saqlash va ijti-

924,8

1063,1

1195,0

1315,5

1479,5

160,0

moiy xizmat ko’rsatish








































San’at, ko’ngil ochish va

1115,0

1310,8

1652,7

1853,1

2195,0

196,9

dam olish








































Boshqa faoliyat turlari

1055,0

1218,6

1398,2

1752,3

2075,2

196,7

























  1. Ma n b a: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatno-masi. «Xalq so’zi», 2018 yil 29 dekabr.


1.2. Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning natijalari


mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar, kompensatsiya va ishlanma-gan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslarning daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud) muntazam ortib bormoqda (1-jadval).


1-jadvaldan ko’rinadiki, 2014–2018 yillar mobaynida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 1366,9 ming so’mdan 2245,3 ming so’mga yoki 64,3 foizga ortgan.


Bu davrda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o’sish sur’ati moliyaviy va sug’urta faoliyati – 2,46 marta , san’-at, ko’ngil ochish va dam olishda – 96,9 foiz, axborot va aloqada – 76,9 foizga o’sishi kuzatilgan.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori miqdori moliyaviy va sug’urta faoliyatida, axborot va aloqada, sanoat va savdoda ko’zga tashlanadi.


O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko’rsatkichini mamlakatimiz hu-dudlari bo’yicha ko’radigan bo’lsak, uning yuqori miqdori Toshkent shahrida, Navoiy va Toshkent viloyatlarida kuzatiladi, Namangan va Samarqand viloyatlari boshqa hududlarga nisbatan bu borada past qo’rsatkichga ega.


Pedagog xodimlarning ish haqi so’nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko’-paytirildi1 (2-rasm).


2-rasmdan ko’rinadiki, ta’lim faoliyati bo’yicha o’rtacha ish haqi miqdori


2010 yilda 399 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilga kelib bu ko’rsatkich


1351,3 ming so’mga etgan.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma’-naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim- tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3907-sonli qarori bilan yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan.




2-jadval.Umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari












Xodimlarning toifasi




Indeksatsiya miqdori

2018 yil 1 sentyabrdan










boshlang’ich sinf o’qituvchilari




1,1

baravar (10%)










yuqori sinf o’qituvchilari




o’rtacha 1,24 baravar (24%)













direktor, uning o’rinbosarlari va axborot-resurs mar-




1,1

baravar (10%)

kazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari

























2019 yil 1 yanvardan










oliy toifali o’qituvchilar




1,25 baravar (25%)

birinchi toifali o’qituvchilar




1,2

baravar (20%)










ikkinchi toifali o’qituvchilar




1,15 baravar (15%)

mutaxassis o’qituvchilar




1,1

baravar (10%)

direktor, uning o’rinbosarlari, axborot-resurs markazi










(kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari




1,1

baravar (10%)




  1. Ma n b a: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3907-sonli qarori G’G’ Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y., 07G’18G’3907G’1706-son.

Eng avvalo, umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari ikki marta indeksatsiya qilishdi. (2-jadval).2-jadvaldan ko’rinadiki, umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2018 yil 1 sentyabrdan va 2019 yil 1 yanvardan indeksatsiya qilingan.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3655-sonli qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o’qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdori tabaqalashtirilgan holda oshiriladi (2-rasm.)




2018 yil 1 sentyabrdan


2019 yil 1 yanvardan


2019 yil 1 iyuldan




2-rasm. Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o’qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining o’sishi.



  1. Ma n b a: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3655-son qarori G’G’ www.lex.uz.

Aholi farovonligini oshirishda «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar – kelaja-gimiz» kabi davlat dasturlarining o’rni katta bo’lmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila-tad-birkor» dasturini amalga oshirish to’g’risidagi»gi PQ-3777-sonli qaroriga asosan mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sha-roiti og’ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishni ta’-minlashga qaratilgan «Har bir oila — tadbirkor» dasturi amalga oshirilmoqda.


Dasturning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

– tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajra-tish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko’rsatilishini ta’minlash;


– tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug’ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko’rsatish;


– tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo’shimcha ish o’rinlari yaratish;


– kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo’shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;


– qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan, ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug’ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish — mini-klasterlar tashkil etish;


– joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko’rsatiladigan xizmatlar ko’lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko’rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;


– qishloq va mahallalarda bo’sh turgan er maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo’shimcha ish o’rinlari va daromad manbalarini yaratish;


– vaqtinchalik moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro’yxatidan o’tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Xulosalar



  1. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.

  2. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.

  3. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.

  4. Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.

  5. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.

  6. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.




Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling