Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Download 2.53 Mb.
bet91/184
Sana18.11.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1784947
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Bog'liq
IQTISODIYOT Chiqarishga

Xulosalar
1.Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
2.YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondoshuv; 2) sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv; 3) daromadlar bo’yicha yondoshuv.
Asosiy tayanch tushunchalar:

Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.


Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaIM.
Real YaIM – narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling