Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi
Kvartira ijarasi bo‘yicha transaksiya xarajatlari
Download 60.07 Kb.
|
2 maruza
Kvartira ijarasi bo‘yicha transaksiya xarajatlari
Ba'zi yuqori transaksiya xarajatlariga ega bo‘lgan aniq holatda shartnomalarning ko‘pchiligi tuzilmaydi va amalga oshirilmaydi. Chunki ularni ijro etishdan keladigan foyda xarajatlarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Shu tariqa, transaksiya xarajatlari amalga oshiriladigan transaksiyalar soniga ta'sir ko‘rsatadi (transaksiya – shartnoma shaklidagi bitim). Shularni inobatga olganda korxonalar nisbiy ustunligini oshirish uchun transaksiya xarajatlarini tejash imkoniyatlarini izlash zarurdir. Mikrodarajada turli xususiy tashkiliy tuzilmalarda xarajatlarni tahlil etishda quyidagi tamoyillar qo‘llanilishi lozim: 1. Transaksiya (bitim-shartnoma) – tahlilning asosiy birligi. 2. Har qanday muammoni, bevosita yoki bilvosita shartnomaviy muammo, deb qarab, uni transaksiya xarajatlarini kamaytirish nuqtai nazaridan o‘rganish foydalidir. 3. Transaksiya xarajatlarini tejashga turli transaksiyalarni ularni boshqarish tuzilmalariga tabaqalashtirilgan tarzda biriktirish yo‘li bilan erishiladi. 4. Tashkiliy tuzilmani tanlash muqobil variantlarni qiyosiy institutsional baholash asosida kechadi. Mikrodarajada transaksiya xarajatlari korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Bunda quyidagi xarajatlar, ya'ni shartnoma loyihasini tuzish, muzokaralar yuritish va kelishuv kafolatlarini ta'minlashda yuzaga keladigan xarajatlar, shuningdek, shartnomani samarasiz moslashtirish, unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnomani amalga oshirish bo‘yicha tanlangan yo‘ldan qaytish, shartnomadagi xatolar va kutilmagan tashqi nizolar natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni farqlash lozim. Shuni inobatga olgan holda, iqtisodiyotda institutlarni shakllantirishda, ular faoliyatini samaradorligini oshirishda transaksiya xarajatlari asosiy rol' o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan O.Uil'yamsonning quyidagi xulosasi diqqatga sazovor: “moddiy va xomashyolarga kam xarajatlar bilan ko‘p mahsulotlar ishlab chiqaradigan jamiyat emas, balki mahsulotni ishlab chiqarishda transaksiya xarajatlari ulushi past bo‘lgan jamiyat yutuqqa erishadi”. Download 60.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling