Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi


– rasm. Transaksiya munosabatlari va ular bilan bog‘liq xarajatlar turlari


Download 60.07 Kb.
bet5/11
Sana16.04.2023
Hajmi60.07 Kb.
#1360775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 maruza

5.1 – rasm. Transaksiya munosabatlari va ular bilan bog‘liq xarajatlar turlari

Ta'kidlash joizki, transformasiya xarajatlari ham transaksiya xarajatlari kabi iqtisodiy tizimning barcha pog‘onalarida yuzaga keladi. Ayniqsa, transaksiya xarajatlari bozor iqtisodiyotiga o‘tish va uning tuzilmalarini hamda yangi institutsional muhitni yaratishda nisbatan katta hajmlarda bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda ular o‘tkinchi (bir marotabalik) xarajatlar emas, balki bunday xarajatlar ko‘lami davlatning makro darajadagi institutsional islohotlar siyosati hamda mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Shu bois transformasiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat hamda korxonalar miqyosidagi xarajat turlari va tasniflariga alohida yo‘nalish sifatida qarash lozimdir.




5.2. Transaksiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga
Kouz-Uil'yamson yondashuvi

Transaksiya xarajatlari tushunchasini qo‘llagan holda dastlabki tadqiqotlar R.Kouz [42] tomonidan firmalar faoliyatini tahlil qilish uchun o‘tkazilgan. Bunga XX asrning 60-yillarida sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Yagona xo‘jalik tizimini yaratishga intilish, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mulkning yangi turlari, masalan, intellektual mulkning paydo bo‘lishi, mulk huquqlarining alohida vakolatlarga bo‘linib ketishi – bularning barchasi transaksiya xarajatlarining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.


Transaksiya xarajatlari nazariyasi doirasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarni mikro va makrodarajalarga bo‘lish mumkin. Mikrodarajada gap jarayonlarni korxona (firma), alohida iqtisodiy sub'ektlar darajasida tahlil qilish haqida, makrodarajada esa umuman iqtisodiy tizimni tahlil qilish haqida boradi. Ushbu tahlil qilish belgisiga muvofiq transaksiya xarajatlari nazariyasida ikkita yondashuv mavjudligini izohlash mumkin: birinchisi, Kouz – Uil'yamsonning transaksion yondashuvi (barqaror faoliyat yurituvchi institutlarni tahlil qilish uchun) va ikkinchisi Nortning transformasion yondashuvi (institutsional o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun).
Bunday yondashuvlar o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda transformasion jarayonlarning institutsional jihatlarini tadqiq etish imkonini beradi. Xususan, birinchi yondashuvni davlat va xususiy mulkchilik tuzilmalarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, norasmiy institutlarning shakllanish jarayonlarini, jamiyat va iqtisodiyotning kriminallashuvini izohlash uchun, ikkinchi yondashuvni esa buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning institutsional sabablarini, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda islohotlar jarayonlarining borishi va natijalarini tahlil qilish uchun qo‘llash mumkin.
Transaksiya xarajatlarini iqtisodiy tahlilga kiritish, R.Kouzning fikriga ko‘ra, bozorga qarama-qarshi bo‘lgan firma kabi o‘zini-o‘zi ongli ravishda nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan “orolchalari”ning mavjud ekanligini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan.
R.Kouz “Firma tabiati”, deb nomlangan maqolasida (1937) transaksiya xarajatlarini “narxlar mexanizmidan foydalanish xarajatlari”, “ochiq bozorda almashuv transaksiyalarini amalga oshirish xarajatlari” yoki “bozor xarajatlari” sifatida belgilagan. Keyinchalik “Ijtimoiy xarajatlar muammosi” maqolasida (1960) R.Kouz “bozor transaksiya xarajatlari” iborasidan foydalangan. Ularning mohiyatini u quyidagicha ifodalagan: “bozor transaksiyasini amalga oshirish uchun kim bilan bitim tuzish ma'qulligini aniqlab olish, kim bilan va qanday shartlarda bitim tuzishni istayotganligi haqida barchaga ma'lum qilish zarur, dastlabki muzokaralarni o‘tkazish, shartnomani tayyorlash, shartnoma shartlarining bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun ma'lumotlarni to‘plash va hokazolar” .
Ammo iqtisodiy adabiyotlarda “transaksiya xarajatlari” iborasi mustahkam o‘rin egallagan. Bunda transaksiya xarajatlariga berilgan quyidagi ta'rif keng tarqaldi: “transaksiya xarajatlari – axborotni to‘plash va qayta ishlash xarajatlari, muzokaralar olib borish va qarorlar qabul qilish, shartnomaning bajarilishini nazorat qilish va yuridik himoyalash xarajatlari”.
Ilmiy manbalarda berilgan ta'riflarga muvofiq transaksiya xarajatlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
1) axborotni izlash xarajatlari (narxlar, mavjud tovarlar, yetkazib beruvchilar va iste'molchilar to‘g‘risida axborotni yig‘ish va qayta ishlash uchun sarflangan vaqt);
2) muzokaralar olib borish xarajatlari;
3) almashuvga kirgan tovar va xizmatlarning miqdori va sifatini o‘lchash xarajatlari;
4) tafsirlash va mulkiy huquqlarni himoyalash xarajatlari;
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim shartlarini buzuvchi yoki bir tomonlama foyda olishga yo‘naltirilgan noto‘g‘ri xatti-harakat tushuniladi.
Transaksiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Tasniflashni bitimni tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirish ma'qul. O.Uil'yamson transaksiya xarajatlarini bitim tuzilgunga qadar va bitim tuzilganidan so‘ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta'riflaydi. Agar sherikni qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish bitim tuzishning bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaksiya xarajatlarini tasniflash quyidagi 5.1-jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Transaksiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash masalasiga nisbatan mikro va makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi. Masalan, kvartiradan foydalanish huquqining mulkdortomonidan ijarachiga topshirilishini nazarda tutuvchi kvartirani ijaraga olish bo‘yicha bitim tuzishda ijarachining transaksiya xarajatlari quyidagi shakllarga ega bo‘ladi (5.2.-jadval).

5.1-jadval



Download 60.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling