Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
Kambag‘allikka barham berish – jahon hamjamiyati oldida turgan asosiy muammolardan biridir
Download 0.51 Mb.
|
Abduvahobov Shahzod
1.Kambag‘allikka barham berish – jahon hamjamiyati oldida turgan asosiy muammolardan biridir.
Kambag’allik o’zi nima?, U bugun yoki kecha paydo bo’lib qolmagan. BMT kambag’allik chegarasini asosiy Tovar va xizmatlar ( oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim -kechaklar, turar-joy haqini to’lash, suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo’lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag’allik nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog’liq. Kambag’allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo’linadi. Mutlaq kambag’allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta’minlaydigon minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin. Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta’mnlangan qatlamini aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag’allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag’al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq hisoblanadi. Jahon mamlakatlarida yuzaga kelayotgan kambag’allikni oldini olish va uni kelib chiqmaslik choralarini qidirish tadbirlari mana bir necha yillardan beri qillib kelinmoqda. Nega aynan 17-oktabr kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro sana sifatida belgilangan? Buning tarixi 1987-yilga borib taqaladi. Chunki aynan shu kuni BMTning 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha deklaratsiyaga binoan kambag‘allik, zo‘ravonlik, ocharchilikdan halok bo‘lgan insonlar xotirasiga 100 mingdan ortiq kishi Parijda yig‘ilgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar 2019-yilda dunyoda o‘ta kambag‘allik chegarasidan past bo‘lganlar soni 655 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, pandemiya davrida bu ko‘rsatkich 732 million nafargacha oshdi. Har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va ijtimoiy siyosati aholisining turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri, ya’ni kambag‘allik darajasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, aholini kambag‘allik darajasidan olib chiqish, ushbu ko‘rsatkichni qisqartirish borasida samarador mexanizmlarni qo‘llash, oqilona siyosat olib borish doimiy dolzarb hisoblangan. Ma’lumki, 2020-yilning boshida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba kambag‘allik tushunchasi Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ko‘tarilib, mazkur yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga aylangan edi. O‘tgan davr mobaynida ushbu yo‘nalishda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, ular asosida ta’sirchan va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Birgina joriy yilni esga oladigan bo‘lsak, o‘tgan yildagi koronavirus pandemiyasi salbiy ta’sirining davom etishi, yil boshidan dunyoda, xususan, yaqin xorijiy mamlakatlar, asosiy savdo-iqtisodiy sheriklarda geosiyosiy hamda tahlikali vaziyatning kuzatilishi ortidan iqtisodiyot va aholi daromadlarida salbiy o‘zgarishlar kutilgan edi. Ammo mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilgan tezkor va samarali sa’y-harakatlar natijasida nisbatan barqaror iqtisodiy o‘sishga erishildi hamda inflatsiyaning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Umuman olganda so‘nggi yillarda aholi jon boshiga real daromadlarning salkam 2,3 barobarga, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam ko‘rsatilgan oilalar soni 3 barobarga, o‘rtacha oylik ish haqi 3 barobarga, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar soni salkam 900 ming kishiga, xorijdan mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari esa 2 barobarga ortishi kambag‘allik darajasining pasayishiga olib kelgan asosiy omillar hisoblanadi. Bevosita kambag‘allikni qisqartirish borasida esa quyidagilar amalga oshirildi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling