Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


,7 ming ehtiyojmand oilaga takroriy ekin uchun 88,5 ming gektar


Download 0.51 Mb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1155067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduvahobov Shahzod

264,7 ming ehtiyojmand oilaga takroriy ekin uchun 88,5 ming gektar yer hamda 154,4 ming ehtiyojmand oilaga 28,6 ming tonna bug‘doy klaster va fermer xo‘jaliklari tomonidan bepul tarqatildi.
Shu o‘rinda, mamlakat hukumati tomonidan respublikada kambag‘allik darajasini amaldagi 17 foizdan 2026-yilga kelib kamida 8 foizgacha kamaytirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solinishi, buning uchun esa ushbu maqsadga erishishda yagona, yaxlit tizimni joriy etish lozimligi davlat dasturi bilan mustahkamlanib qo‘yilganini qayd etish lozim.
Bundan tashqari, mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

  1. Xalqaro tajribalar, jumladan, Xitoy, Malayziya, Indoneziya kabi mamlakatlarning kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi ilg‘or yutuqlarini O‘zbekistonda qo‘llash, avvalambor aholi ongida kambag‘allikka tushib qolish hamda undan chiqib ketishi uchun psixologik va motivatsion targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish lozim.

  2. Nafaqat kambag‘al, balki past daromadli aholi qatlamini daromadlarini oshirishga qaratilgan samarador mexanizmlarni joriy etish, amaldagi tizimlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirish lozim. Aholini ko‘proq iqtisodiy (tadbirkorlikka jalb etish) chora-tadbirlar orqali kambag‘allikdan chiqarishga e’tibor qaratilishi, bu borada moliyaviy ko‘mak mexanizmlarini yanada oshirish, ammo manzilligini ta’minlash talab etiladi.

  3. Aholining kambag‘al qatlami farzandlarining ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik kabi ijtimoiy sohalar orqali to‘liq qo‘llab-quvvatlash, natijada “ijtimoiy lift” jarayoni vujudga kelishiga zamin yaratish lozim. Ayniqsa, bolalarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish kelgusida ularni kambag‘allikka tushib qolmasligiga yordam beradi.

  4. Kambag‘allikni qisqartirishda birinchi navbatda “ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatga olingan oilalar bilan kompleks ishlash, ularning barcha a’zolariga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish orqali reyestrdan chiqishiga yordam berish tavsiya etiladi.

  5. Va nihoyat kambag‘allikni qisqartirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadigan bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilmalarni rivojlantirish kabi sohalarga ham bir vaqtda e’tibor qaratish, ularning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rnini inobatga olgan holda islohotlarni amalga oshirish talab etiladi.

2022 yil Xalqaro qashshoqlikka barham berish kunining 30 yilligi nishonlanadi.
Bu yilgi tadbirning mavzusi "Amalda barchaning qadr-qimmatini ta’minlash. Sayyoramizda tinchlik, ijtimoiy adolat o‘rnatish yo‘lida zimmamizga olinadigan majburiyat", deb nomlandi. Inson qadr-qimmati nafaqat asosiy huquq, balki boshqa barcha huquqlar asosini tashkil qiladi. Binobarin, qadr-qimmat mavhum tushuncha emas, hammamizga tegishli jarayon.
Ehtimol, avvallari bu masalaga boshqacharoq qaralgandir, ammo bugungi kunda surunkali qashshoqlikda yashovchi judi ko‘p odam o‘z qadr-qimmati inkor etilayotgani, hurmat qilinmayotgani bilan bog‘liq muammoni yurak-yuragidan his qilib turishi rost.
Zero, "qashshoqlik" atamasi ko‘pincha o‘ta kambag‘allik sinonimi sifatida qabul qilinadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’rifiga ko‘ra, qashshoqlik nafaqat barqaror hayotni ta’minlash uchun daromad va resurslar yetishmasligi, balki ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikni ham bildiradi. Qolaversa, qashshoqlar bilan birga, hatto, kambag‘allar ham ta’lim yoki boshqa asosiy xizmatlardan foydalanish cheklangani, ijtimoiy kamsitish va chetlanish, qaror qabul qilishda ishtirok eta olmaslik bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Nafsilamrni aytganda, bu ham inson qadri kamsitilishi, yerga urilishini namoyon qiluvchi salbiy omil hisoblanadi.
Qashshoqlik chearasi qanday belgilanadi? Qay sharoitda yashayotgan odam qashshoq hisoblanadi. Bu borada ham Xalqaro hamjamiyatning standarti bor. Ushbu sohani, xususan, qashshoqlik o‘lchamini o‘rganuvchi institutlar mavjud. Bundan tashqari qashshoqlik standarti ham vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Masalan, 2008 yilgacha qashshoq, deb kuniga bir AQSH dollari bilan kun ko‘rishga majbur odamlarni aytishardi. 2008-2015 yillarda bu chegara kuniga 1,25 AQSH dollari, qilib belgilandi.
Hozir esa o‘ta qashshoq deganda kuniga 1.90 dollardan kam daromad bilan yashayotgan odamlar tushuniladi.

Afsuski, dunyo bo‘yicha qashshoqlikda yashayotgan odamlar oz emas. Masalan, 2021 yil dunyo bo‘ylab 711 million kishi o‘ta qashshoq yashagan. Demak, bashariyat ushbu muammoni hali hal qilgan yo‘q. 1.3 milliard odam esa u yoki bu darajada qashshoq yashashda davom etmoqda. Ularning, deyarli, yarmi bolalar va yoshlar ekani juda tashvishli. Hatto, eng boy mamlakatlarda ham 30 milliondan ortiq bola qashshoqlik chegarasida yashaydi.
BMTning “Oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish holati” (2022) hisobotida 2021 yil dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 828 million kishiga yetgani ta’kidlandi. Bu 2020 yilga nisbatan, qariyb, 46 million kishiga, pandemiya boshlangunga qadar 150 million kishiga ko‘payganini bildiradi. Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotiga ko‘ra, 45 mamlakatda 50 million kishi ochlik xavfi ostida yashamoqda.
BMT 2021 yilgi Jahon suv hisobotida qayd etishicha, hozir dunyoda 2.2 milliard odam toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega emas, 3.6 milliard kishi xavfsiz sanitariya sharoitidan bebahra. Yana bir muammo ko‘pgina mamlakatlar aholini ijtimoiy ximoyalash tizimida ko‘zga tashlanmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, hozir aholining, qariyb, 55 foizi ijtimoiy himoyadan foydalana olmaydi.

Janubiy Osiyo va Afrikadagi Sahroi Kabir mintaqasi aholisining katta qismi butun dunyodagi o‘ta qashshoq kun kechirayotgan odamlar umumiy soniga nisbatan 70 foizni tashkil qiladi. Yana bir fakt: Hindiston, Indoneziya, Xitoy va Nigeriyani o‘z ichiga olgan o‘rtacha daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlar aholisi esa qashshoqlik chegarasidan past bo‘lganlar umumiy sonining yarmigp teng. Ayni payt dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri Burundi hisoblanadi. Mamlakat aholisining 70 foizidan ziyodi shu iskanjadan chiqib keta olmayapti. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 52 foizi to‘yib ovqatlanmaslik darajasi yuqoriligi sabab past bo‘yli bo‘lib qolmoqda.
Jahon bankining 2022 yilda e’lon qilingan prognoziga ko‘ra, 2030 yilga borib 600 million odam kuniga 2.15 dollardan kam pulga yashashga majbur bo‘ladi. 2020 yil oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkich 719 million kishini tashkil etgan edi. Shu yil so‘nggi o‘n yillikdagi global tengsizlik eng kuchaygan davr sifatida tarixda qoldi.

2. Kambag'allikka qarshi kurashish – global vazifa. Kambag‘allik va qashshoqlik tushunchalari

BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasi, unda bildirilayotgan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar butun dunyo xalqlari va davlatlari uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ladi. Bu haqda mamlakatlar yetakchilari, xalqaro miqyosdagi yetuk mutaxassislar ilgari surayotgan xulosalar chuqur asoslarga ega.


Sessiya boshlanishida BMT Bosh kotibi, janob Antoniu Guterrish geostrategik munosabatlardagi taranglik, iqlimning keskin o'zgarishi, xalqaro maydondagi ishonchsizlik muhiti, raqamli texnologiyalarning mavhum jihatlari bilan bog'liq muammolarga beshinchi muammo – koronavirus pandemiyasi qo'shilishi oqibatida dunyodagi vaziyat borgan sari og'irlashib ketayotganini, xususan, tengsizlik va kambag'allik xavfi ko'payganini alohida ta'kidladi.
Pandemiya keltirib chiqargan o'ta murakkab holat nafaqat insoniyat sog'lig'iga, davlatlar, soha va tarmoqlar o'rtasidagi ulkan aloqalarga, hatto odamlar orasidagi munosabatlarga, aytish mumkinki, insoniyat ruhiyatiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Dunyo tarixida avval hech qachon kuzatilmagan bunday sharoitda yangi g'oya, yangi tashabbuslarning ahamiyati beqiyos.
Shunday sinovli davrda o'tayotgan BMT sessiyasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning dunyoning qudratli va ilg'or davlatlari liderlari qatorida nutq so'zlashi, jahondagi eng yuksak minbardan turib xalqaro miqyosda dolzarb bo'lib turgan muammolarga yechim bo'ladigan aniq taklif-tashabbuslarni ilgari surgani har bir yurtdoshimizni g'ururlantiradi, albatta.
Xususan, davlatimiz rahbari BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to'g'risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdilar. Bu tashabbus qanchalik ahamiyatli ekanini, o'ylaymanki, jahon jamoatchiligi o'z turmushi, pandemiya davridagi qiyinchiliklar misolida his etib ko'rdi. O'zbekiston rahbarining bu taklifi xalqaro jamoatchilik tomonidan faol qo'llab-quvvatlandi, deb ishonaman.
O'zbekistonda pandemiya davridagi muammolarni tizim asosida yengish bo'yicha asosiy tashkilotchilik va mas'uliyatni zimmasiga olgan holda, bu borada namuna ko'rsatmoqda, deyishga asoslar yetarli.
Endi ortga qarab o'ylab ko'raylik, xalqimiz, yangi islohotlarni ishonch bilan boshlayotgan davlatimiz bu yil og'ir sinovlarga duch keldi. Resurs va imkoniyatlar cheklangan, yillar davomida to'planib qolgan muammolarni qisqa fursatda hal qilishga to'g'ri kelayotgan chigal vaziyatda Prezidentimizning davlat idoralari va jamoatchilikni yagona maqsad yo'lida birlashtirish, eng avvalo ehtiyojmandlarga yordam ko'rsatishga undash bo'yicha betakror yetakchilik qobiliyati namoyon bo'ldi. U kishi haqiqiy yetakchi sifatida butun mas'uliyatni zimmasiga olib, noyob irodasi bilan yurtimizda ijtimoiy barqarorlikni asrab qolishga, uni yanada mustahkamlashga erishib kelmoqda. Birdamlik va o'zaro g'amxo'rlik hissi ustuvor jamiyatdagina har qanday muammolarga yechim topiladi.
Pandemiya uzoqqa cho'zilishi, karantin cheklovlari bilan bog'liq vaziyat qanday tus olishi aniq bo'lmagan qiyin davrda aholining kam daromadli, ehtiyojmand qatlami eng ko'p aziyat chekmoqda. Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurash, pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida qabul qilingan har bir qaror va farmonlarda ana shu qatlamga, BMT Bosh kotibi alohida ta'kidlagan masalaga birinchi darajali e'tibor qaratilmoqda.
Masalan, Prezidentimizning joriy 30 iyulda qabul qilingan Farmoniga muvofiq, byudjetdan qo'shimcha 2 trillion so'm ajratilib, ushbu mablag'lar 1 million 700 ming nafar yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming nafar pensioner va yil yakuniga qadar qo'shimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo'naltirilishi belgilandi. Davlatimiz rahbarining yana bir qarori bilan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” joriy etilmoqda. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni ikki barobar ko'payib, joriy yil oxiriga qadar 1 million 200 ming, 2021 yilda esa 1 million 500 minggacha yetkazilishi belgilangan. Ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida berilishi ko'zda tutilgan. Kelasi yil 1 yanvardan boshlab, kam ta'minlangan oila maqomini olish uchun hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod ma'lumotlar talab etilmaydi, 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlarni oson taqdim etish choralari ko'riladi.
Mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag'allikni qisqartirish bo'yicha alohida vazirlik tuzilib, ishsiz aholini kasb-hunarga o'qitish, turli shaklda subsidiyalar berish, yangi ish o'rinlari yaratilishini qo'llab-quvvatlash, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tengsizlikning oldini olish bo'yicha keng ko'lamli dasturlar amalga oshirilmoqda, buning uchun davlatning ulkan resursi yo'naltirilgan, parlament, ijro hokimiyati, vazirliklar, mahalliy vakillik idoralari muhtoj oilalarga daromad manbaini yaratish uchun hamjihatlikda harakat qilmoqda. Bu boradagi ishlar davlatimiz rahbari ilgari surgan yana bir tashabbus – qashshoqlikni tugatish va kambag'allikka qarshi kurash BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyada asosiy mavzulardan biri sifatida belgilanishi haqidagi taklif bilan hamohangdir.
Pandemiya qurshovida qolgan dunyoda eng muhim masalalardan bo'lgan insonning ijtimoiy himoyasini ta'minlash bo'yicha O'zbekistonda Prezidentimiz boshchiligida misli ko'rilmagan islohotlar boshlangan. Xalq demokratik partiyasi o'z g'oyalariga muvofiq ravishda mamlakatimizda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, kambag'allikka qarshi kurash yo'lidagi islohotlarni faol qo'llab-quvvatlaydi, ayni vaqtda bu borada belgilangan vazifalar samarali amalga oshishi, ta'sirchan parlament va deputatlik nazorati o'rnatilishi uchun qat'iy kurashadi.
Kambag‘allikka qarshi kurash deganda, qanday qilib nogironlarga, beva ayollarga pul tarqatish tizimi haqida emas, yomon iqtisodiy ahvoldan yaxshi iqtisodiy ahvolga olib chiqish haqida qayg‘uraman va aytib kelaman. Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sishga erishish – ayni tushunchalar, ularning farqi yo‘q. Savdoga cheklovlar haqida gapiradigan bo‘lsak, erkin savdoga bo‘lgan bojlar, notarif barerlar, logistik cheklovlar – hammasi zarar, zarar va zarar. Bu degani mamlakatimizning iqtisodiy ko‘lamini qisqartiruvchi choralar.
Albatta, kambag‘allik haqida qayg‘ursak, iqtisodni qisqartiruvchi choralarni ko‘rmasligimiz kerak. Ulardan biri bu – savdoga to‘siqlar. Agar kambag‘alligimizga sabab faqat savdoga to‘siqlarmi, desangiz, javob – yo‘q. Savdoga to‘siqlar qabul qilingan va qabul qilinayotgan qarorlarning natijasi va oqibati. Moliyaviy nuqtayi nazardan qiynalgan, ya’ni kambag‘al insonlarning iste’moli juda ham savdo cheklovlariga bog‘liq. Qanaqa ma’noda? Kam pul topadigan insonlarning yagona maqsadi – o‘zi va bolalarining qornini to‘yg‘azish, ya’ni yetarli miqdorda kaloriya iste’mol qilib jon saqlash. Ularning daromadi asosiy qismi oziq-ovqat sotib olishga ketadi. Oziq-ovqat masalasida savdoga cheklov qo‘yish o‘sha odamlarning daromadini qisqartiradi.
Deylik, kambag‘al odam 100 so‘m pul topsa, 90 so‘mini oziq-ovqatga ishlatadi. Savdoga cheklovlar tufayli 90 so‘mlik oziq-ovqati 99 so‘m bo‘lib qoladi. Bu ularning sharoitini keskin yomonlashtiradi. Lekin boy odam 1000 so‘m topsa, 300 so‘mini oziq-ovqatga sarflaydi. Boj oshsa, ularga atigi 10 foizga oshadi – 330 so‘m, nisbiy ravishda narx daromadiga nisbatan sezilarsiz oshadi. Shuning uchun kambag‘al insonlarga bunday cheklovlar juda sezilarli bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bojlar iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladi, ikkinchidan, tarif va notarif barerlar kambag‘allarning ahvolini yanada yomonlashtiradi. Shartli inflatsiya haqida gapirsak ham, kambag‘allarga inflatsiyaning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun bu narsa juda muhim. Hozir mavjud xo‘jalik sub’yektlarining va ularda ishlaydigan ishchilar sonini oling. Bitta korxonaga 2tadan ko‘p ishchi to‘g‘ri kelmaydi. Ya’ni O‘zbekistonda o‘rtacha firmaning hajmi – 2 kishi. Bu degani O‘zbekistonda odamlar tadbirkor bo‘lishi muammo emas, tadbirkorlar o‘z ishini yuritib ketishi va kengayishi qiyin. Bizda hech qachon tadbirkorlik qilmagan odamni tadbirkorlikka olib kelish masalasi ko‘rilyapti. Undan ko‘ra, boshqa tadbirkorlarga imkoniyatlarni kengaytirish kerak. Qanday qilib? Bozordagi risklarni kamaytirish orqali.
Hozir odamlarga kredit berish muammo bo‘lmasdi, agar bu boshqa tadbirkorlar uchun xarajat bo‘lmasa. Siz kimgadir imtiyozli kredit beryapsizmi, mavjud tadbirkorlar uchun kredit narxi oshyapti, xolos. Dunyo tajribasidan kelib chiqsak, eng yirik kompaniyalar – eng ko‘p ish joylarini yaratuvchilar bo‘ladi. Ya’ni ularda odam ko‘p ishlaydi va birinchi 5 yilda 90 foiz tadbirkorlik sub’yektlari bankrot bo‘ladi. Bu normal narsa.
O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashda asosiy muammo odamlarni ko‘proq tadbirkor qilish emas, tadbirkorlarni iloji boricha samarali qilish.
Ixtiyoriy maxsus loyihalar asosiy muammomizni yechmasligimizga sabab bo‘lmoqda. Kambag‘allikni qisqartirishning yagona yo‘li – iqtisodiy farovonlikni ta’minlash. Biz kambag‘allikni qisqartirishda qandaydir dasturlar, ijtimoiy mablag‘larni tarqatish bilan yondashsak, o‘zimiz uchun muammoni hal qilayotgandek his qilamiz, lekin asosiy masalani yechmaymiz.
Asosiy masaladan chalg‘itadigan dastur va loyihalar maqsadning ildiziga olib kelmaydi. Mening nazdimda ular samarasiz, ma’muriy va aql resurslarimiz hamda boshqa nuqtayi nazardan. Biz barcha resurslarimizni, kuch va aqlimizni iqtisodiy taraqqiyotga sarflashimiz kerak. Qanaqadir kichik dasturni rivojlantirishga katta ma’muriy resursni ishlatishimizning, o‘ylaymanki, alternativ xarajatlari nihoyatda baland. Qanaqadir manzilli dasturlar ko‘pincha yaxshi choralarga olib kelmaydi.
Yaxshi narsa shuki, ko‘p masalalarda insonlarga subsidiyalar, pul orqali yordam berishni boshlayapmiz. Masalan, hammaga subsidiyalashgan non bermayapmiz, kimgadir non olishga emas, kambag‘allik ro‘yxatiga kirgan odamlarga ixtiyoriy narsa sotib olishga samaraliroq. Chunki u o‘ziga nima kerakligini biladi – non, kartoshka yoki kiyim. Lekin kartoshkaga subsidiya qilsak, u odam haftasiga 2 kg kartoshka yesa yeydi, lekin uning iqtisodiy xarajatlari ko‘p. Xuddi shunday, elektrga subsidiyalar iqtisodiyotni qimmatlashtirib, hammamizga qimmatga tushgan. Shu narsalardan voz kechib, haqiqatan qiynalgan insonlarga nogironlarga, shu kabi guruhlarga yordam berishimiz yaxshi bo‘ladi.
Yana bir narsani esdan chiqarmaslik kerak: imtiyozlar, ayniqsa, imtiyozli kreditlar yoki imtiyozlar orqali qandaydir imkoniyatlar berish doim xarajati bilan keladi. Imtiyoz so‘zi bormi, bu kimdandir nimadir olayotganimizni anglatadi. Masalan, imtiyozli kredit degani boshqalarga qimmat kredit, imtiyozli elektr kimdir qimmat to‘layapti degani. Har bitta imtiyozning manfaatdorlari bo‘lsa, zarar oladiganlari ham bo‘ladi, biz zarar ko‘rayotganlar haqida o‘ylamaymiz. Iloji boricha, imtiyozlar va imtiyozli kreditlardan voz kechishimiz kerak. Lekin odamlarga baliq bergandan ko‘ra, baliq berishni o‘rgatish foydali, degan fikrlar ham bor.
— Odamlarga pul beramiz, ular boqimanda bo‘lib qoladi, degan qarashlar O‘zbekistonga xos emas. O‘z mehnati bilan pul topa olmaydigan odamlar – deylik, nogironlarga pul bermaslik uchun kontrargument yo‘q. Yoki 18 yoshgacha bo‘lgan oilasi kambag‘allikda yashaydigan bolalar uchun pul berishni hech narsa rad eta olmaydi.
“Mehnatga layoqatli shaxslar davlatdan ko‘p pul olib yuborsa, ular ishlamay, boqimandalikka olib keladi”, deb o‘ylash mumkindir, lekin O‘zbekistonda hayot shunchalik qimmat va hukumat resurslari shunchalik cheklanganki, unchalik ko‘p pul berib odamlarni boqimandalikka olib kela olmaymiz. Bu – AQSh, Norvegiya singari boy davlatlarda bor, lekin hozirgi O‘zbekistonda, o‘ylaymanki, bu masala kun tartibida emas.
Pul tarqatish imtiyoz berishdan ko‘ra foydali. Hammaga subsidiyalashgan non bergandan ko‘ra, manzilli tarzda haqiqatan qiynalgan odamlarga non uchun pul bergan yaxshiroq. Chunki ular orada pul yo‘qotmaydi, subsidiya berish teshik chelakda suv tashishdek gap, orada ko‘p to‘kilib ketadi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik masalasi 2020 yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ko‘tarilib, mazkur mavzu ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga aylandi.
Aholi o‘rtasida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, degan fikr mavjud. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi. Zero, kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bo‘lishi kerak.
Mamlakatimiz rahbarining ko‘rsatmalariga binoan kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubi, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari va me'yoriy asoslarini puxta ishlab chiqish maqsadida qisqa muddatlarda Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlarining 14 nafar eksperti jalb qilindi.
Mazkur ekspertlar bilan birgalikda yuqoridagi vazifalarni o‘zida qamrab olgan «2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasi» loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirda ushbu hujjat loyihasi o‘rnatilgan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Bevosita kambag‘allik va qashshoqlik tushunchalariga keladigan bo‘lsak, shuni alohida ta'kidlash joizki, hozirda jahon bo‘ylab kambag‘allik yoki qashshoqlik tushunchalarining umumqabul qilingan hamda yagona kelishilgan ta'rifi ishlab chiqilmagan. Har bir mamlakat o‘zi uchun belgilangan kambag‘allik mezonidan kelib chiqib tavsiflaydi.
BMT ta'rifiga ko‘ra, qashshoqlik – insonning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad va resurslar yetishmasligi, bundan tashqari, ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik, sog‘liqni saqlash, ta'lim yoki boshqa asosiy xizmatlardan foydalanishda cheklovlarning mavjudligi, turar joyning yo‘qligi, xavfli tabiiy va texnogen muhitda hamda ijtimoiy tengsizlik sharoitida yashashiga nisbatan aytiladi (BMTning «Ijtimoiy himoya borasida yuqori darajadagi Butunjahon sammiti»dan).
Kambag‘allik esa insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo‘lmasligi, jamiyatda to‘laqonli ishtirok etish uchun to‘siqlarning mavjudligi, bundan tashqari, oilasini boqishi va kiyintirishi, ta'lim olishi yoki kasalxonada davolanishi, biror sohada faoliyat yuritishi yoki daromad olishga imkon beradigan mehnat bilan ta'minlash imkoniyatlari yetishmasligi hamda kredit olish imkoniyatining cheklanganligida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, kambag‘allik — bu insonlar, uy xo‘jaliklari va jamoalarning ijtimoiy jihatdan chegaralanganligi, xavf-xatarlar oldida chorasizligi hamda nochorligi sanaladi (BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasining «Kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha qo‘llanma»sidan, 2017 yil Nyu-York, Jyeneva).
Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan 2015 yildagi 115 ta mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida taklif etilgan uslubiyotga ko‘ra, barcha mamlakatlar uchun 2011 yildagi narxlarda xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha qashshoqlik chegarasi 1,9, kambag‘allik chegarasini esa mamlakatlar aholisi daromadlarining past, o‘rta va yuqori darajalaridan kelib chiqib 1,9; 3,2; 5,5 va 21,7 AQSh dollari etib belgilash tavsiya etilgan.
Yuqoridagi ta'rif va uslubiyotlardan kelib chiqib, alohida qabul qilingan kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti asosida jami daromadi (yoki xarajati) belgilangan kambag‘allik chegarasiga yetmagan aholi qatlamini kambag‘al, hayot kechirishi uchun zaruriy ehtiyojlarini mutlaqo qondirish imkoniyati bo‘lmagan qatlamni esa qashshoq aholi deb e'tirof etish mumkin.

3. O‘zbekistondagi mavjud bo’lgan kambag‘allik muammosi.

Sabablar va yechimlar.



Mehnat bozorida raqobatga dosh berolmaslik, boqimandalik kayfiyatining yuqoriligi, milliy urf-odatlardagi ortiqcha sarf-xarajatlar, ta'lim tizimidagi salbiy holatlar va hududlarda tibbiyot sifatining pastligi kambag‘allikka yetaklovchi asosiy sabablardir.


Kim kambag‘al yoki kambag‘al emasligini aniqlashda odamlarning yashash darajasiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan omil – daromad va xarajatlar ko‘rsatkichi muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘rsatkichlari qanday va uni qisqartirish bo‘yicha nima ishlar qilinmoqda?

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling