Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Hududlar bo’yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlari


Download 0.51 Mb.
bet6/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1155067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduvahobov Shahzod

Hududlar bo’yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlari




Ming so’m





2013 y.

2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2018 y.

O’zbekiton Respublikasi

3361,5

3832,8

4218,7

5810,0

6817,6

8664,8

Qoraqalpog’iston Respublikasi

2440,7

2833,2

3203,5

4077,4

4889,3

6323,1

Viloyatlar:







Andijon

3217,8

3684,1

3877,9

5471,5

6571,5

8381,7

Buxoro

4115,8

4651,5

5000,2

7020,7

8437,7

10856,2

Jizzax

2438,1

2862,1

3255,6

5134,2

6098,0

7917,2

Qashqadaryo

2866,6

3241,5

3547,1

5171,5

6031,6

7586,8

Navoiy

5438,5

6291,6

7156,8

9342,1

10682,7

13697,1

Namangan

2434,2

2811,4

3030,1

4483,2

5369,2

6769,3

Samarqand

2935,9

3311,0

3608,8

5257,4

6137,3

7785,8

Surhondaryo

2713,2

3102,2

3283,9

4820,1

5536,0

7256,5

Sirdaryo

3577,0

4045,1

4531,4

6342,3

6338,4

7922,0

Toshkent

3515,2

4087,4

4624,4

6342,4

7189,0

9070,8

Farg’ona

2903,7

3285,1

3560,3

4763,8

5362,0

6869,3

Хorazm

3213,9

3619,0

3820,5

5517,4

6900,2

9176,0

Тоshkent sh.

6678,9

7599,0

8816,6

10631,5

12937,7

15804,6

Soʻnggi yillarda kambagʻallik darajasini oʻrganish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan omma uchun ochiq maʼlumotlar bazasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Ular bizga kambagʻallikni tavsiflash, uning omillari, shuningdek, aniq dasturlar va siyosiy islohotlarning kambagʻallikka taʼsiri toʻgʻrisidagi koʻplab farazlarni sinab koʻrish imkonini beradi. Masalan, kambagʻal boʻlgan va boʻlmagan odamlar yoki uy xoʻjaliklarining xususiyatlarini taqqoslab, kambagʻallikning sababini aniqlash va unga qarshi kurashning aniq parametrlarini belgilash mumkin. Bunda maʼlumot quyidagi yoʻnalishlarda tahlil qilinishi mumkin:



Oila aʼzolarining xususiyatlari

yoshi, jinsi, millati, maʼlumoti va sogʻlik darajasi

Uy xoʻjaligining demografik xususiyatlari

oila boshligʻining jinsi, ishlash yoshidagi aʼzolarga toʻgʻri keladigan bolalar va qariyalar soni

Mulk

yer, chorva mollari, asboblar va ijtimoiy kapital

Faoliyat turlari

faoliyat sohasi, tomorqa faoliyati, bandlik turi

Joylashuv

qishloq / shahar, viloyat, tuman

Kommunal xizmatlardan foydalanish

elektr energiyasi, ichimlik suvi, tibbiyot muassasasi, maktab, ijtimoiy yordam dasturlari

Bozorga kirish va xususiy xizmatlar

bozorlargacha masofa, yoʻl infratuzilmasi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish va b.

O‘ylab qaralsa, respublikada kambag‘allik darajasi rasman e'tirof etilib, unga qarshi kurashish choralari ko‘rilayotgan bir paytda pandemiya boshlandi. 2020 yil martida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Mutaxassislar fikricha, mazkur vazirlikning tuzilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga, kambag‘al aholi moddiy ta'minotida ham amaliy ko‘mak berishga bo‘lgan muhim qadamdir.
Koronavirus pandemiyasi dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston aholisi uchun ham katta yo‘qotishlar olib keldi. Yashash uchun eng muhim resurs moddiy ta'minlanganlik darajasi tushib ketdi. Ishsizlar, bemorlar, moddiy yordamga muhtojlar safi karrasiga ortdi. Odamlar g‘oyat og‘ir vaziyatda qolishdi.
Mazkur holatda O‘zbekiston hukumati ehtiyoji o‘ta yuqori fuqarolarni aniqlab, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlovchi dastur – «temir daftar» tizimini joriy etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, respublika miqyosida mazkur ro‘yxatga kirgan 594,3 ming oila va ularning 2,5 million nafar a'zosi (shundan 648 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a'zolari) kiritilib, joriy yil 1 mart holatiga 641,3 ming nafarining (99 foiz) bandligi ta'minlandi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirgi kunga qadar «temir daftar»ga kiritilgan 600 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga jami 1,37 trillion so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri moddiy va nomoddiy yordamlar ko‘rsatilganini ochiqladi.
Qayd etilishicha, kam ta'minlangan oilalarning daromad manbaini yaratish orqali respublika bo‘yicha 2021 yil 1 mart holatiga 515,9 ming oila va ularning 2,2 million nafar a'zolari «temir daftar» ro‘yxatidan chiqarilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilda ijtimoiy ko‘makka muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam ajratish qamrovi ham oshirilgan. Jumladan, bola parvarishi uchun nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni o‘tgan yil yakunida yil boshiga nisbatan ikki baravarga, ya'ni 600 ming nafardan 1,2 million nafargacha ortgan.
Shuningdek, o‘rta va uzoq muddatlarda kambag‘allikni qisqartirishning strategik maqsadlarini belgilash maqsadida, Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi ekspertlari bilan birga «2021-2030 yillarga qadar O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi» loyihasi ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.
Kambag‘allar soni 5 million nafar atrofida deya aytilayotgan bir davrda bu kabi harakatlar qamrovini kengaytirish va jadallashtirish muhim ahamiyatga ega.
Shundoq ham tashqi qarzlar va budjet defitsiti ortib borayotgan bugungi davrda kambag‘al va qoloq aholi sonining ortib borishi mamlakatni parokanda qilish ehtimoli katta. Shu sabab hukumat darajasida har bir fuqaroga ayniqsa, moddiy yordamga juda muhtojlarga, albatta, maksimal darajada ko‘mak berish ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, ularni ish bilan ta'minlash yoki tadbirkorlika o‘rgatish kabi tashabbuslar shular jumlasidan. Ammo iqtisod o‘smasa, ish haqi ham, aholi turmush darajasi ham pasayib boraveradi. 
Vazirlikka ko‘ra, ishsiz a'zolari bor bo‘lgan hamda «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab:

1.Dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi,

2.Foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratilishi;

3.Ajratilgan yer maydonlari sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta'minlanishi

4.Berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘-ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratilishi belgilangan.

Moddiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun kerakli mehnat qurollari xaridiga subsidiyalar ajratilishi, ishsizlar bandligini ta'minlash, turli grant, nafaqa va boshqa to‘lovlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsad qilingan.
Ma'lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasb-hunarga o‘qitish, 39,6 ming nafar ishsizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, 50 ming kishini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o‘qitish reja qilingan. Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami ham kengaytirilmoqda. Bu sa'y-harakatlar o‘zini qay darajada oqlashi va kelgusida kambag‘allikni qisqartirish borasida qanday natijalarga erishilishini vaqt ko‘rsatadi.

Xulosa
Bugungi kunda 2021-2030 yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilib, mazkur strategiya ikki bosqichda – qisqa va o‘rta (2021-2025 yy.) hamda uzoq (2026-2030 yy.) muddatlarda amalga oshirilishi belgilanmoqda. Ushbu bosqichlarda nazarda tutilgan masalalar doirasida quyidagi maqsadli indikatorlarga erishish belgilangan: - kambag‘al aholining ish bilan bandligiga to‘liq erishish, bunda bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali yiliga 100 mingdan ortiq ehtiyojmand va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan fuqarolar uchun ish o‘rinlarini kvotalash; - o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan kambag‘al aholi qatlamlarining 50 ming nafarini ro‘yxatga olish, faoliyatini boshlash, mehnat qurollari sotib olishi va boshqa maqsadlar uchun subsidiyalar ajratish; - kambag‘al aholi qatlamini kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha mikrokreditlar ajratish orqali faoliyatini boshlashi yordamida 50 ming nafar kambag‘al aholi bandligini ta’minlash. Axir, chindan ham tiriklik qonuniyati shunday: insoniyat yashashi, mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yagona makon, bu – Yer Shari, undagi kishilik jamiyatining asosiy maqsadi esa bitta – Tinch, Xotirjam, Farovonlikda umrguzaronlik qilishdir.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy jihatdan baquvvat mamlakatlarda ham aholining kambag‘al qatlami bo‘lishi, ya’ni jamiyatda moddiy jihatdan tabaqalanish kuzatilishi mumkin. Iqtisodiy o‘sish sur’ati yaxshi bo‘lib, aholisining kambag‘allik darajasi o‘zgarmaydigan mamlakatlar ham bor. Bu odatda aholisi tez ko‘payib, iqtisodiy o‘sishi faqat ayrim sohalarda bo‘layotgan davlatlarda kuzatiladi. Boy mamlakatlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, masalani ma’lum darajada yechishi mumkin. Biroq bu masalaning to‘liq yechimi emas.
Asosiysi, mehnatga yaroqli aholi o‘rtasida yaxshi daromad olish, yaxshi yashashga intilish uchun harakatni shakllantirish kerak. Buning uchun esa davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Avvalambor, mukammal qonunchilik bazasi yaratilishi, jamiyatda barcha uchun teng bo‘lgan, o‘z imkoniyatlari, iste’dodini to‘liq namoyon qilishga ko‘mak beradigan tizim bo‘lishi shart.
Endi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat darajasida haqiqiy sharoit, ahvol tahlil qilinadi. Buning uchun avvalo, kambag‘allikka oid real ahvol o‘rganiladi, keyin tuman va shaharning salohiyati, tabiiy resurslari, yer va infratuzilma imkoniyatlari xaritasi tuziladi. Bu kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha bajarish lozim bo‘lgan barcha ishlar rejasini belgilab olish uchun juda muhim.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim omil. Aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni kamaytirish eng asosiy masala sifatida belgilandi. Bu borada tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish taklifi g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu zonalarda zarur infratuzilma yaratish uchun byudjetdan katta mablag‘lar ajratilishi belgilandi. Demak, ishlarni bajarish uchun moliyaviy ta’minot masalasi ham hal qilingan.
Xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi Samarqand viloyatida ham yuqori ekanligi qayd etildi. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni kambag‘al aholiga ajratib berish, zarur joylarda artezian va quduqlar qazish bo‘yicha topshiriq berildi. Viloyatimizda adir, lalmi yerlarimizning ko‘pligi bois bu imkoniyatdan samarali foydalanish yaxshi natija berishi aniq. Bu borada avvalo, tomorqa yerlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak. Ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining bozorlarimizda keskin tushib ketishi ularni yetishtirayotgan dehqonlarimiz mehnatini samarasiz qilib qo‘yadi. Mehnat yaxshi foyda keltirishi uchun mahsulotlarni chetga eksport qilish masalasini ham yengillashtirish kerak. Albatta, bunda o‘zimizning oziq-ovqat xavfsizligimizni ta’minlash lozim.
Kambag‘allikni kamaytirishda dunyo bo‘yicha Xitoy tajribasi namunali. Iqtisodiy islohotlar boshlangan o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab hozirgacha Xitoy 800 milliondan ziyod aholini kambag‘allikdan chiqardi. 2020 yil kambag‘allikni butunlay tugatish yili deb e’lon qilingan. Bugungi kunda aholini, ayniqsa, qishloq joylarida band qiladigan asosiy yumush – bu mayda ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat, oilaviy biznes. Deyarli barcha mahsulotlar onlayn savdo bilan iste’molchilarga yetkaziladi. Bizda yaqinda joriy etilgan Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tuzilmasi Xitoyda ham mavjud. XXRning davlat Kengashida kambag‘allik bilan kurashish qo‘mitasi faoliyat yuritadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yaxshi hayot o‘z-o‘zidan yaratilmaydi, buning uchun mehnat qilish kerak. Yaxshi, to‘q, farovon hayotni bizga hech kim yaratib bermaydi, uni o‘z mehnatimiz bilan yaratamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.O’zbekisto Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2021 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi.- Yangi O’zbekiston // gazetasi №142 (4301) 29.12.2020 y.
2.O’zbekiston Respublikasi Milliy Hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish to’g’risida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19-avgustdagi 691-son qarori.
3.O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar stratеgiyasi to’g’risida” gi 2017 yil 7 fеvraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
4.Michael P.Todaro. Stephen S.Smith. Economic development. -11th edition. 2012. 829 pages.
5.Huwart, J.Y. and L.Verder. Economic globalisation: origins and consequesces. OECD insights. OECD publishing. 2013.
7.Владимиров А.А., Зеленов Л.А., Степанов Е.И. Современная глобализация: состояние и перспективы. –М. Издательство ЛЕНАНД. 2010. 304 стр.
8.Глобализация мирового хозяйство. Учебное пособие/Под ред. Д-ра экон.наук.проф М.Н.Осьмовой, канд.экон.наук. доц. А.В.Бойченко. –М. ИНФРА-М. 2010. 376 стр.
9.Статистический ежегодник регионов Узбекистана. 2021. – Т.: Госкомстат Узбекистана. 2021.
Internet saytlari

  1. www.gov.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi hukumati portali;

  2. www.lex.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi;

  3. www.stat.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti.

  4. www.cbu.uz – O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

  5. www.mineconomy.uz - O’zbеkiston Rеspublikasi Iqtisodiyot vazirligi rasmiy sayti

  6. www.mf.uz - O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

  7. www.economist.com;

  8. www.worldeconomics.com;

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling