Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


O‘zbekiston aholisining qancha qismi kambag‘al?


Download 0.51 Mb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1155067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduvahobov Shahzod

O‘zbekiston aholisining qancha qismi kambag‘al?

Respublikada kambag‘al aholi qatlami mavjud bo‘lsa-da, uzoq vaqt bu mavzu tilga olinmay kelgani sir emas. Bundan ikki yil ilgari ham faqat kam ta'minlanganlar haqida gapirilardi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil fevraldagi parlamentga murojaatida ilk bor O‘zbekiston aholisining kambag‘al qatlami haqida so‘zladi. Respublika aholisining 12-15 foizi kambag‘al ekani, ularning umumiy soni 4,5-5 million nafarligini ta'kidladi.
Pandemiya va uning salbiy oqibatlari mamlakatda kambag‘allik darajasi yanada ortishiga olib keldi. Ayni paytda bu bo‘yicha yangi hisob-kitoblar ma'lum qilinganicha yo‘q. 

1. Asosan qishloq joylarda aholining yetarli bilim va malakaga ega emasligi va natijada mehnat bozorida raqobatga dosh berolmasligi

2. Ta'lim tizimidagi salbiy natijalar va hududlarda tibbiyot sifatining pastligi

3. Aholining ba'zi qatlamlarida boqimandalik kayfiyatining yuqoriligi, milliy urf-odatlarda ortiqcha sarf-xarajatlarning mavjudligi

4. ayrim hududlarda ishsizlikning yuqori darajada ekanligi, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishining faqat qog‘ozdagina mavjudligi daromad kamligi va yashash darajasining pasayishiga olib kelgan

Agar mazkur ko‘rsatkichlarning aksi yuz bersa, ya'ni ishlab chiqarish rivojlansa, bilim va malaka, bandlikni ta'minlash, mehnat bozorida raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari oshsa, o‘z-o‘zidan moddiy o‘sish ham yuqorilashi kuzatiladi.
Jahon bankining fikricha, O‘zbekistonda kambag‘allikning yuqori darajasi

  • Samarqand,

  • Surxondaryo,

  • Sirdaryo,

  • Andijon viloyatlari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.

Hisob-kitoblar natijasida kambag‘al deya ta'riflanayotgan aholining kunlik daromadi 10-13 ming so‘mni tashkil etishi ma'lum bo‘lgan. Biroq ayni paytgacha aholining minimal iste'mol xarajatlari qanchaligi e'lon qilinmayapti. Dunyo miqyosida esa aholi turmush darajasi minimumi muhim ahamiyatga egaligi ma'lum va bu doimiy e'tibordagi ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Mutaxassislar fikricha, kambag‘allik tushunchasiga yagona ta'rif mavjud emas. Ba'zilar insonning birlamchi ehtiyojlarini qondirish imkoniyati yo‘qligini kambag‘allik deb tushunsa, boshqalar tanlov erkinligining yetarlicha emasligini yoki kishining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokiga putur yetkazuvchi ijtimoiy, ta'lim va sog‘liqni-saqlash sohasidagi to‘siqlarning doimiy doirasini tushunishadi.
Kambag‘allikka turli davlatlarda har xil izohlar, ayricha fikrlar bildiriladi. Umuman, jahon tajribasida biror shaxs yoki ijtimoiy guruhning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan minimal ehtiyojlar, mehnatga layoqatlilik hamda avlodini davom ettirishga imkoniyati yetarli bo‘lmagan kabi iqtisodiy holatlarni tavsiflovchi tushunchaga kambag‘allik deyiladi.
Buni aniqlashda bir nechta chegara bo‘lib, aholining munosib turmush kechirishi uchun ma'lum bir me'yor belgilanadi. Agar kishining daromad (yoki xarajat)lari belgilangan me'yordan past bo‘lsa, u kambag‘al hisoblanadi. Kambag‘allik chegarasi kunlik eng kam miqdordagi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yoki olingan daromadlar hamda oilaning ma'lum bir guruhdagi tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali belgilanadi. Masalan, Davlat statistika qo‘mitasining kambag‘allikni o‘lchash uslubiyotiga binoan, O‘zbekistonda kunlik 2100 kkal.dan kam iste'mol (xarajat) qilgan kishilar kambag‘al deyiladi.
«2019 yil yakunida O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 1723 AQSh dollarini tashkil etishi, Jahon banki klassifikatsiyasi bo‘yicha respublikani o‘rtadan past daromadli mamlakatlar guruhiga kirishiga asos bo‘ldi», Moliya vazirligining 2020 yil aprel-may oylari bo‘yicha e'lon qilingan hisobotida ish haqi olib ishlayotgan va jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘layotgan fuqarolarning qariyb 1 million 772 ming nafari (42,6 foiz) 1 million so‘mgacha, 1 million 66 ming nafari 1 million so‘mdan 2 million so‘mgacha oylik olishi keltirilgan. 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma'lum qilishicha, hozirgi kunda kambag‘al oilaning shaxsiy kompyuter bilan ta'minlanganligi respublikadagi o‘rtacha oiladan 12 barobarga, shaxsiy avtomobil bilan 11 barobarga, konditsioner bilan 8 barobarga, changyutkich bilan 4 barobarga, kir yuvish mashinalari bilan 4 barobarga, muzlatkich bilan 2 barobarga, televizor va uyali aloqa vositalari bilan 1,5 barobarga kamligi kuzatiladi.
Belgilangan davrda inson farovonligi darajasini oʻlchashda foydalaniladigan 2 ta koʻrsatkich mavjud: aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad yoki aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan isteʼmol xarajatlari. Daromadlarning isteʼmolga nisbatan oʻzgaruvchan boʻlishi, baʼzi daromad manbalarini aniqlashning murakkabligi, daromadlar toʻgʻrisidagi yolgʻon maʼlumotlarning keltirilish darajasi yuqori boʻlganligi uchun amaliyotda 2-koʻrsatkichdan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning bilan birga, farovonlik koʻrsatkichi sifatida isteʼmol xarajatlari maʼlumotlaridan foydalanishda esa vaqt oʻtishi bilan narxlarning oʻzgarishini, ayrim mamlakatlar oʻrtasidagi narxlar farqini, uyda isteʼmol qilinadigan tovarlar (shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari), uy xoʻjaliklari tomonidan qabul qilinadigan jamoat tovarlari va xizmatlari narxlari (bepul yoki subsidiyalangan tibbiy yordam, maktab ovqatlari, xalq taʼlimi) kabilarni hisobga olgan holda bu koʻrsatkichga baʼzi toʻgʻrilashlarni kiritish lozim boʻladi. Shu sababli, kim kambagʻal yoki kambagʻal emasligini aniqlash uchun isteʼmol (daromad) toʻgʻrisidagi bilimlarga asoslanib, odatda “kambagʻallik chegarasi” deb nomlanadigan kambagʻallikning eng yuqori darajasini aniqlab olish lozim. Bu esa mushkul vazifadir, chunki kambagʻallik taʼrifi boʻyicha ham, uning chegarasi boʻladigan narsada ham mutaxassislar oʻrtasida yakdil fikr mavjud emas. Shu bilan birga, kambagʻallik chegarasining eng koʻp ishlatiladigan taʼriflari quyidagilardir:
Oziqlanishga asoslangan kambagʻallik darajasi. Qashshoqlik maʼlum koʻrinishlarni oladi va ochlik ana shunday koʻrinishlardan biridir. Bunday holda, farovonlik aholi jon boshiga kunlik kilokaloriyalar isteʼmoli bilan oʻlchanadi va ushbu kategoriyadagi odamlar uchun kunlik energiya sarfi miqdori bilan taqqoslanadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti kuniga energiya sarfi chegarasini oʻrtacha 1800 kilokaloriya qilib belgilashni tavsiya etadi. Bu koʻrsatkich yoshga, jinsga va inson faoliyat darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin. Oziq moddalar yetishmovchiligining boshqa shakllari, masalan, oqsillar yoki “yashirin ochlik” deb nomlangan baʼzi mikroelementlar uchun ham chegara belgilanishi mumkin. Bunday holatda ham tavsiya etilgan minimal darajadan kelib chiqib kambagʻallikning umumiy darajasini belgilash mumkin.
Xalqaro kambagʻallik chegarasi. Ushbu chegara Jahon banki tomonidan xalqaro taqqoslash uchun ishlatiladi. Oʻta qashshoqlik chegarasi sotib olish qobiliyati pariteti boʻyicha kuniga 1 dollar miqdorida belgilanadi, kambagʻallik chegarasi esa kuniga 2 dollar miqdorida belgilanadi. Soʻnggi paytlarda ushbu kambagʻallik chegaralari tegishli ravishda 1,25 va 2,5 dollarga koʻtarilgan. Hozirgi vaqtda dunyodagi eng kambagʻal 15 mamlakat ushbu kambagʻallik chizigʻilaridan foydalanadi. Biroq, hozirgi vaqtda, turli mamlakatlarning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda, kambagʻallikning boshqa chegaralari ham qoʻllaniladi. Xususan, daromadi oʻrtacha koʻrsatkichdan past boʻlgan davlatlar uchun kam taʼminlanganlik darajasi kuniga 3,2 dollar, daromadi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan davlatlar uchun esa kuniga 5,5 dollarni qoʻllash tavsiya etiladi.
Qashshoqlik nafaqat mutlaq, balki nisbiy tushunchadir. Odamlar oʻz isteʼmol darajasini tegishli nazorat guruhidagi boshqa odamlar bilan taqqoslaganda oʻzlarining holatini subyektiv ravishda yomon baholashlari mumkin. Bu nisbiy mahrumlik tushunchasi tufayli odamlar oʻz mamlakatlari yoki jamoalaridagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan shaxsiy daromadlari yoki isteʼmollar darajalariga ahamiyat berishadi. Nisbatan kambagʻallik chegarasini oddiy ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda munosib ishtirok etish uchun zarur boʻlgan ijtimoiy integratsiya xarajatlari sifatida ham izohlash mumkin. Nisbiy kambagʻallik chegarasini qoʻllash Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu holda kam taʼminlanganlar sifatida mamlakatda eng kam isteʼmol qiluvchi 25% odam tushuniladi.
Aytishimiz mumkinki, kambagʻallik nafaqat mutlaq yoki nisbiy standart, balki idrok hamdir. Bunday holda, uy xoʻjaligiga: “Siz qanday xarajatlarning qanday darajasini mutlaq minimal deb hisoblaysiz?” deb soʻraladi va bu ularning haqiqiy xarajatlari darajasi bilan taqqoslanadi. Shunday qilib, amaldagi xarajatlari eʼlon qilingan subyektiv minimumdan past chiqqanlar ulushiga kambagʻallik darajasi deb qaraladi. Ammo, bu yerda kambagʻallik darajasi, koʻp hollarda, savolning qanday berilishiga bogʻliq.
Oʻzbekistonda kambagʻallikni oʻlchashda faqat dastlabki ikkita usul qoʻllaniladi. Oziqlanishga asoslangan usulning natijalari kambagʻallik darajasini 11,4% ekanligini koʻrsatadi. Ikkinchi yondashuv natijalariga asoslanib esa kuniga 5,5 dollar chegarani olganda kam taʼminlanganlik darajasi 36,6% va 3,6 dollar deb olganda - 9,6%ni tashkil etadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, kambagʻallikning yuqori darajasi Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilmoqda. Biz quyida hududlarda 2013-2018 yillar mobaynida kuzatilgan daromadlarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling