Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Download 0.51 Mb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1155067
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduvahobov Shahzod

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-31-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi izchil davom ettirildi. Jumladan, hokim yordamchilari tomonidan yil davomida mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasida uni o‘rta va qisqa muddatda rivojlantirish bo‘yicha har bir hudud uchun alohida “yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.
Ushbu “yo‘l xarita”larda belgilangan vazifalarning ijro etilishi natijasida quyidagilarga erishildi:
1,9 mln nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi;
341 ming nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratildi;
- 267 mingta loyihaga 6,4 trln so‘m imtiyozli kredit va 35 mingdan ortiq ishsizlarga 112 mlrd so‘m subsidiyalar ajratildi;
218 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi;
19 mingta “mahallabay” mikroloyihalar ishga tushirilib, 78 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ikkinchidan, kambag‘allikni qisqartirish va minimal ijtimoiy standartlarda foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan minimal iste’mol xarajatlarining yangi qiymati 2022-yil uchun hisoblandi (498 ming so‘m)
va o‘rnatilgan tartibda e’lon qilindi.
Belgilangan kambag‘allik chegarasidan kelib chiqib ilk bora kambag‘allik darajasi (17,0 foiz) aniqlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan e’lon qilindi.
Uchinchidan, joriy yilning 26-27-may kunlari Buxoro shahrida mamlakatimiz tarixida ilk marta “Xalqaro kambag‘allikni qisqartirish” forumi yuqori darajada tashkil etildi.
Forumda BMT, SHHTga a’zo, kuzatuvchi, hamkor davlatlar, xalqaro moliya institutlari, akademik doiralar va boshqa xorijiy mamlakat, tashkilotlar hamda mahalliy hokimlik organlarining 300 ga yaqin vakillari (jami 100 dan ortiq xorijiy hamkorlar) ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilari dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning murakkablashib borishi sharoitida O‘zbekistonda 2022–2026-yillarda kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, bu borada xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida qo‘yilgan zaruriy qadam hamda samarali platforma sifatida qayd etdilar.
Avvalroq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Xitoydagi Xalqaro kambag‘allikni qisqartirish markazi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolangan edi. Buxoro forumida esa 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik dasturi tasdiqlandi.
To‘rtinchidan, aholini ehtiyojmand qatlamini moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom ettirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 25-maydagi PQ-258-sonli qaroriga asosan 97,8 ming ehtiyojmand oilalarga 6,0 ming tonna bepul un hamda 11,1 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari tarqatildi.
Bundan tashqari “Aholini oziq-ovqat, jumladan, chorva va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari” to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga muvofiq,

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling