Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan
Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Download 0.92 Mb.
|
Ismoilov Javohir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqardi.
- Birinchidan
. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqardi. Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda. Ekspertning ta'kidlashicha, respublika zimmasidagi asosiy vazifa texnologik rivojlanish uchun muhim bo‘lgan uch tomon: davlat-sanoat-akademiya (ilmiy tadqiqot markazlari) hamkorligini mustahkamlovchi institutsional muhit yaratishdan iboratdir. «Uchburchakning asosiy qismi bo‘lmish universitetlar va ulardagi tadqiqot markazlari nafaqat turli sanoatdagi bizneslarni qo‘llab- quvvatlovchi ixtiro manbalari, balki turli innovatsion g‘oyalarga asoslangan startaplar uchun inkubator vazifasini ham o‘taydi. AQSh, Yevropa va Osiyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barchasida startaplar universitet hududida shakllanishi bejiz emas. Buning uchun universitetlarda, albatta, erkin ilmiy muhit mavjud bo‘lishi, professor va talabalarning ilmiy g‘oyalari, mehnatlari qog‘ozda qolib ketmay, amaliyotda qo‘llanishi uchun mustahkam patent tizimi shakllanishi shart», deydi Bekzod Zokirov. Mutaxassis O‘zbekistonning giperglobal iqtisodga muvaffaqiyatli integratsiyasi quyidagi masalalarga borib taqalishini ta'kidladi. Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq yo‘nalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Ya'ni global iqtisodga integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina o‘sish tramplini bo‘lishi mumkin, fundamenti noto‘g‘ri prinsiplarga qurilgan iqtisod uchun integratsiyalashuv iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘la olmaydi. O‘zbekistonning global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy model bilan bog‘liq. O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajagi doimo o‘zgarishlarga tobe xomashyo mahsulotlari eksportchisi bo‘lib qolish yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning qon tomiri bo‘lgan global ta'minot zanjiriga qo‘shilishiga bog‘liq. Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi. Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e'tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling