Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet51/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

V) Kapital va foyda
J.S.Mill jamg’arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zahirasini kapital deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Uning fikricha, investitsiyaning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa ishsizlikka barham berilishi mumkin.
Ammo, J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning rivojlanishiga boshqa cheklanishlar xos. Ularning biri- kapital daromadlarining kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas.
Umuman foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda normasining vujudga kelishi shunga olib keladiki, ya’ni foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayriboshlanishi kerak; ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi».
Foydaning vujudga kelish sababini J.S.Mill xuddi, A.Smit va D.Rikardoga o’xshab, tushuntiradi: «Foyda ayriboshlash natijasida emas…, balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, ish haqi ko’rinishida mehnatkashlar iste’mol qiladigan mahsulotdan 20 foiz ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, foyda 20 foizni tashkil etadi».



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling