Reja:
1. J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti
A) J.S.Mill metodologiyasi
B) Qiymat, baho va pul
V) Kapital va foyda
G) Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari
D) Iqtisodiy taraqqiyot
E) J.S.Mill va ijtimoiy masalalar
2. Markscha iqtisodiy g’oyalarning tarixiy taqdiri
A) Iqtisodiy determinizm
B) Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi
3. «Kapital»
A) Qiymat nazariyasi
B) Qo’shimcha qiymat nazariyasi
V) Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi
G) Iqtisodiy tsikllar
D) Ish haqi
E) Foyda va foyda normasi
J) Renta nazariyasi
Z) Xulosa
6.1. J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti
Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri hisoblanadi. Uning otasi Jeyms Mill iqtisodchi, D.Rikardoning yaqin og’aynisi bo’lib, o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullangan. SHuning uchun Millga o’n yoshidayoq jahon tarixini, yunon va lotin adabiyotlarini ko’rib chiqishga to’g’ri kelgan. O’n uch yoshida u bir vaqtning o’zida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlarni o’rganishni davom ettirgan holda Rim tarixini yozib chiqqan.
J.S.Mill o’zining siyosiy iqtisod bo’yicha birinchi «Tajriba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari beshta kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod asoslari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. J.S.Mill bu asarida klassik maktabning juda ko’p kontseptsiyalarni rivojlantirdi va umumlashtirdi.
Baho o’zgarishining talab miqdoriga bo’lgan ta’sirini (hozir bu yo’nalish talab elastikasi nazariyasi deyiladi), bozor muvozanatini o’rnatish mexanizmini, kredit operatsiyalarini, xalqaro savdo muammolarini, bozor iqtisodiyotida davlatning rolini tahlil qilishi J.S.Millning asosiy ilmiy xizmatlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |