Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti


Download 0.76 Mb.
bet46/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

4. T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtmoiy tartiblash tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdolik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan.
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembridj universitetini tamomlagach qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1820) hisoblanadi.


A) «Nufus qonuni»
Er kurrasidagi resurslarning cheklanganligi va aholi ehtiyojlarining cheksizligi yosh ingliz ruhoniysini iqtisodiyot bilan shug’ullanishga da’vat etadi. U 32 yoshida yozgan «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarida o’zining bu mavzu bo’yicha butun dunyoda katta qiziqish uyg’otgan, hozir ham unutilmagan mulohazalarni bayon etgan. T.Maltus o’z mulohazalariga statistik materiallarni, katta hajmdagi faktlarni asos qilib olgan. Ularni o’rgangan holda T.Maltus, o’z tarixi to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lgan barcha xalqlar o’zini-o’zi takror hosil qilishda shu qadar yuqori qobiliyatga ega bo’lganki, agar bu hodisa yashash vositalarining yetishmasligi yoki boshqa sabablar (kasalliklar, urushlar va b.) bilan to’xtatib turilmasa, balki odamlarning soni juda tez va muttasil ko’payib borgan bo’lar edi, deb isbotlab berishga uringan.
T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini yetarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Iqtisodiyot, eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
Muallifning xulosa qilishicha, o’tmishda bo’lgan narsalar kelajakda ham qaytarilishi extimol, aholi o’sishi ham, agar u ongli suratda cheklanmasa, unda qambag’allik,urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to’xtatilib turiladi. T.Maltus aholining tez o’sish sur’atini pasaytirish maqsadida qambag’allarning nikohdan o’zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif qiladi. Lekin uning o’zi ham o’z tavsiyalarining to’g’riligiga unchalik ishonmagan.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sishi (eslatib o’tamiz, arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5.... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sishi mumkin (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16,... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi).
Arifmetik progressiya geometrik progressiyaga nisbatan sekin oshib borganligi sababli, T.Maltus hisobidan kelib chiqadi: agar yer kurrasi aholisi sonining o’sishi cheklanmaydigan bo’lsa, u chog’da odamlar dahshatli ocharchilikka duch keladilar. Bu yerda T.Maltus insoniyat manfaati nuqtai nazardan o’limning ko’payishiga olib keluvchi barcha omillarni – epidemiya, ocharchilik qirg’ini, urushlarni ijobiy baholash kerak, deb xulosa qiladi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’uli, eng ma’yusli hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi - texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi mumkin.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling