Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet57/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

3. «Kapital»
K.Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning mashhur asari «Kapitalda» berilgan. Uning bu asari to’rt tomdan iborat bo’lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o’limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 1896 yil) chop etildi. To’rtinchi tom tugatilmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi bo’lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapitalning» birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomida bir butun olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To’rtinchi tom («qo’shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag’ishlangan.
K.Marks «Kapital»ga yozgan so’z boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati», ya’ni kapitalistik burjua jamiyati «harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir» – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi.
A) Qiymat nazariyasi
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o’lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatga ega bo’lgan qiymatning miqdorini, - deb yozadi K.Marks, uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina, ya’ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o’z jinsidan bo’lgan tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». Ijtimoiy zarur ish vaqti normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o’zining qiymati bo’yicha ayirboshlanadi (Ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o’tkanimizdek, ayni jamiyatda o’rtacha mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning yagona o’lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o’lchov bo’la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi.
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning nisbiy qiymati to’g’risida so’z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos ob’ektiv xususiyatdir.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling