Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet53/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

D) Iqtisodiy taraqqiyot
Iqtisodiy taraqqiyot, J.S.Mill ta’limotiga ko’ra, fan texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va jamg’arish ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o’sishiga olib keladi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom ashyo qiymatidan tashqari).
J.S.Millda kapital evalyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o’xshab ketadi. Foyda normasi pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, u hali ham kapitalni jamg’arishga va jamg’arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz normasining minimum darajasiga bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko’paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda normasini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga ketadi; bu yerda kapital yo’qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning bir qismi chetga chiqib ketishi foydani va foiz normasini oshirib, jamg’armaga bo’lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. SHuningdek, uning aytishicha, foyda normasining pasayish tendentsiyasi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo’lgan dalillarni kuchsizlantiradi.
Ko’rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bo’lib, iqtisodiy rivojlanish, muvaffaqiyat qozonish uchun kurash to’xtagan paytdagi, turg’unlik holat hisoblanadi. Ammo J.S.Mill turg’unlik holatga ijobiy munosabatda bo’ladi, agar u ishlab chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo’lsa. «Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko’paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko’ra, hech kim qambag’al bo’lmagan, hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo’lmagan vaziyatdagi jamiyat, odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg’unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish uchun, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar hech cheklanmagan bo’ladi.
Odam o’zi yaratmagan narsalarga, uning egalik qilish huquqini adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko’pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan ibratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zahiralarisiz bajarib bo’lmaydi. Bu narsalarning hammmasi o’tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo’lganda, ularda mahsulotni boshqa birov bilan bo’lishishga zarurat bo’lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo’lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo, xususiy mulk doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi).



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling