Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


V) Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar


Download 0.76 Mb.
bet9/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

V) Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Portsiy Katon Starshiy (er. avv. 234-149 y.) o’zining «Dehqonchilik» asarida qishloq xo’jaligini halq xo’jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Eng foydali mahsulot deb olif yog’ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo’lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o’zagini» material sarflari, usta va yordamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi.
Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terentsiy Varron (er. avv. 116-27 y.) xalq xo’jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «qishloq xo’jaligi to’g’risida» degan asarida o’zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. U chorvachilikga katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o’sha davrda Italiyada don arzon bo’lgan, chunki u chet o’lkalarda ancha ko’p miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo’lgan. SHu bilan birga Varron, har bir xo’jalikning o’zini-o’zi ta’minlashi tarafdori bo’lgan, bozor uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga esa uncha e’tibor bermagan. Bundan iqtisodiy taraqqiyotda bozorning rolini Varron yaxshi tushunmaganini ko’rish mumkin.
Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (er. avv. 1-asr) «qishloq xo’jaligi to’g’risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar -kolonlar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo’jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar yerni yaxshi ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg’urmaydilar. Varron urug’ni sepishdan boshlab to hosilni yig’ib olishgacha bo’lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o’g’irlik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto’g’ri ko’rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko’ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha yerni ishlamaslikka intilishini ko’rgan Kolemella, bunday yerlarni erkin kolonlarga bo’lib berish, mayda tovar ishlab chiqarishga o’tish zarurligi to’g’risida fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish savollarini nisbatan to’g’ri tushinganligidan dalolat beradi.
Respublika davridagi qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo’lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo’lida to’planuvi va italiyalik ko’pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Xonavayron bo’lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (er. avv. 162-133 y.) va Gay (er. avv. 153-121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Paritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarini yechish maqsadida Tiberiy Grakx er. avv. 133 y. maxsus qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq rimlik fuqarolarga dalatning xaydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila 1000 yugerdan oshiq yerga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo’lgan va yerga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko’p bo’lmagan soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib berilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o’n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy Grakx ataylab o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik qambag’allarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeini quchaytirish va aholi qambag’allashuvining oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay Grakx o’limidan keyin ham konservatorlar muxtojlarni yer bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunni bekor qila olmadilar.
Mark Tulliy TSitseron (er. avv.106-43 y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo’lib, savdo-sotiq rivojlandi, so’dxo’rlik boylik manbaiga aylandi. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda, TSitseron yirik savdoni qo’lladi, mayda savdoni esa mensimadi. TSitseronning sudxo’rlikka bo’lgan munosabati ziddyatli bo’lgan. Bir joyda sudxo’rlikni maqullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. TSitseronning savdo va sudxo’rlikka bo’lgan ko’z qarashlarida qadimgi Rim iqtisodiyotidagi natural va tovar xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini topgan.
TSitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlakalarda ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Ancha samarali ish turi deb dehqonchilikni hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda muhim rol o’ynagan.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling