Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


B) Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari


Download 0.76 Mb.
bet11/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug’ilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.)
Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini kishilik jamiyatini rivojlanishi tashkil etadi. Dastlab odamlar yovvoyi holatda bo’lgan. Keyinchalik kishilik jamiyati tabiat dunyosidan ajralib chiqqach, o’z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o’tadi: «primitiv» va «tsivilizatsiya». Ularning biri ikkinchisidan «odamlar yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turiladi. Birinchi bosqichda odamlar asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan bo’lsalar, ikkinchi bosqichda, olimning fikricha, ularga xunarmandchilik, savdo, ilm va san’at qo’shiladi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq boyligini bir necha bor ko’paytirish har bir kishining mo’l-ko’llikka erishish imkonini beradi. Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va mulkiy tenglik kelib chiqqanini, jamiyatning tabaqalarga bo’linishi zarurligi tugaganini bildirmaydi.
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hayotiy zarur buyumlar va zeb-ziynat buyumlari bilan yoki uning atamasi bo’yicha «zarur» va «zarur bo’lmagan» buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo shahar aholisining zichligiga bog’liq. SHahar aholisining zichligi uning rivojlangan yoki rivojlanmaganligining ramziy belgisi hisoblangan. SHuning uchun, agar shahar rivojlangan bo’lsa, unda «zarur» va «zarur bo’lmagan» buyumlar yetarli bo’ladi; bunda birinchisining bahosi (dehqonchilikda shaharliklar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib boradi, ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin o’sishi sababli) bahosi oshib boradi. Va aksincha, shahar aholisining kamligi natijasida uning rivojlanmay qolishi barcha moddiy boyliklarning yetishmasligini va qimmatchilikni keltirib chiqaradi. SHu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa, har qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi bo’ladi. U bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil yig’imlar tovar qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi, deb ko’rsatib berdi. Ibn Xoldun bozorning rag’batlantiruvchi rolini bilgan: bozor mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga majbur etadi.
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hayotining muhim elementi deb hisobladi va pul rolini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va kumush bajarishini ma’qulladi. Uning fikricha pul «barcha sotib olinadigan» buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettirali. U «mehnatning qiymatini», ya’ni ish haqini tavsiflab, uning miqdori, birinchidan, «kishi mehnati miqdoriga», ikkinchidan, «boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o’rniga» va uchinchidan, «odamlarning unga (mehnatga) bo’lgan ehtiyojiga» bog’liq, deb tasdiqladi.
Ibn Xoldun ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashkil etadi deydi. Uning yozishicha «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarni boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqiga bog’liq. Agar odamlar yashash vositalari to’g’risida qayg’urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar».



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling