Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


V) Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari


Download 0.76 Mb.
bet14/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

V) Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan XI asrda yashab ijod etgan buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniy hisoblanadi. U jamiyatning rivojlanishida mehnatning rolini qayd qilib o’tgach, shunday deydi: «Odamga foydasi tegmagan odam - murda» va «O’tgan umr achinarli emas, balki sarflangan mehnat achinarlidir». Yusuf Xos Hojib mehnatga tavsif berish bilan cheklanmasdan, balki mehnat taqsimotining ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratdi. U dehqonchilikda, chorvachilikda, hunarmandchilikda yaratiladigan moddiy boyliklarning xususiyatlarini ko’rsatib beradi, aynan dehqon mehnati odamlarni boqadi va kiyintiradi, chorvador esa yeyish, kiyish va minish uchun foydalanadigan otlarni, tuyalarni va boshqa hayvonlarni ko’paytiradi deb qayd qilib o’tadi. SHular bilan birga hunarmandlar turmush uchun kerak bo’lgan buyumlarni yaratadilar. Olimlarning mehnatiga yuqori baho beriladi.
Yusuf Xos Hojib pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish vositasi funktsiyalarini aytib o’tadi. Uning fikriga ko’ra, davlatning qudrati nafaqat armiyada, balki xazina mablag’larida hamdir. Lekin davlat qimmatbaho buyumlarni jamg’arish bilan qiziqib ketmasligi, davlat mablag’larining bir qismini xalq manfaatlari yo’lida sarflashi lozim. Yusuf Xos Hojibning bu fikrlari to’g’ri ekanligini hayotning o’zi tasdiqladi.


G) AmirTemurning iqtisodiy qarashlari
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Temur davlatida devani buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar- bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshoatlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining qambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig’sinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O’sha mamlakatdan tushgan o’lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», deb ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik qilish quyidagi ko’rinishda bo’lgan:
1. Suyurg’ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i - xiroj olganlar.
2 Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayid va xo’jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarnini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday yondoshuv ishlab chiqarishni rivojlantirishda ijobiy rol o’ynagan.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, qambag’al yetim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. SHu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan, chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan, aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojni to’laroq qondirish imkonini beradi.
Amir Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan:

  1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).

  1. Ishbilarmon, donishmand odamlar.

  1. Xudojo’y, tarkidunyo qilgan kishilar.

  1. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.

  1. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).

  1. Maxsus ishonchli kishilar.

  1. Vazirlar, sarkotiblar.

  1. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).

  1. Tafsir va hadis olimlari.

  1. Ahli hunar va san’atchilar.

  1. So’fiylar.

  1. Savdogar va sayyohlar.

Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar xal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» Amir Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida,-deb o’qtiriladi «Temur tuzuklari»da, - ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik yetkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hozirgi davr tili bilan aytilganda, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj odatda sug’oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi.
Amir Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, - chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». Amir Temur SHom (hozirgi Suriya) yurtini qo’lga olganda (1401 y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332-1406) asirga tushib qoladi, sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo’yib yuboradi.
Dehqonlar, kasb-hunar egalari savdogarlarga o’z ishlarini yuritish uchun urug’, asbob, sarmoya berib, sharoit yaratishga e’tibor berilgan. Ayniqsa, tashlandiq, qo’riq yerlarni ochish, qoriz o’tkazish rag’batlantirilgan. Bunday ishlar bilan shug’ullanganlar uch yilgacha soliqdan ozod etilgan (bu tajribadan foydalanilsa arziydi).



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling