Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


B) Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari


Download 0.76 Mb.
bet13/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
O’rta Osiyo mutafakkiri Ibn Sinoning (980-1037) 280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag’ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha «hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. SHu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. SHuning uchun odamlar muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji,-deb yozadi Ibn Sino,- hammani hunar o’rganishga undaydi.»
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:

  1. hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;

  1. bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday barobar taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy qambag’allik bo’lmasin;

  1. barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi, sababli urushadigan odamlar bo’lamaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasilagi siyosiy baxslar esa tinch yo’l bilan yechiladi;

  1. ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi va shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.

Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Sahovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan o’xshab ketadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling