Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati


Download 0.76 Mb.
bet10/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: SHarq, 1998. Aristotel. Soch. v 4-x. t. M.: Mыsl, 1975-83.

  2. Artxashastra, ili Nauka politiki. M-L.: Izdatelstvo AN SSSR, 1959.

  3. Vsemirnaya Istoriya Ekonomicheskoy Mыsli. M.: Mыsl, 1987., 1 tom.

  4. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.: FAN, 1997.

  5. Mayburd Ye.M. Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy mыsli. Ot prorokov do professorov. M.: «DELO», «VITA-PRESS», 1996.

  6. Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. M.: INFRA-M, 1999.



2-Mavzu. O’RTA ASR DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR

Reja:
1. Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar
A) Qur’oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar
B) Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari


2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
A) Forobiyning iqtisodiy fikrlari
B) Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
V) Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari
G) AmirTemurning iqtisodiy qarashlari
D) Navoiyning iqtisodiy g’oyalari


3. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g’oyalar
A) F.Akvinskiyning iqtisodiy qarashlari


1. Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar
Arabstonda feodal munosabatlariga o’tish va yagona davlat tashkil etish yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan birga yuz berdi. Umumarab davlatining boshlig’i Muhammad payg’ambar ham diniy, ham madaniy ishlarni amalga oshirdi. Bu jarayon keyinchalik musulmon davlatlarining siyosiy va iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko’rsatdi.


A) Qur’oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar
Islom dinining muqaddas kitobi - Qur’oni Karimda (arabcha - qiroat, ya’ni o’qish) iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar muayyan darajada o’z aksini topgan. Islom dinida Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg’ambarimiz Muhammadga 23 yil davomida vahiy qilingan deyiladi. Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom 570 yili Makkada quraysh qabilasiga mansub bo’lgan hoshimiylar xonadonida tug’ilib, 632 yil iyun oyida Madinada vafot etdilar.
Qur’oni Karimdagi asosiy g’oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman xalol mehnat ulug’lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi)ni qoralaydi, mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’irlikka buyuriladi va yolg’on ishlatish, o’g’irlik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, yetim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, o’zaro yordam berish haqidagi g’oyalar, hamda soliq turlari va miqdori to’g’risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va xadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo’ychilik bilan shug’ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash, Qur’oni Karimdagi «Englar, ichinglar, xadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi). «Daryo bo’yida taxorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling