Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


D) A.Navoiyning iqtisodiy g’oyalari


Download 0.76 Mb.
bet15/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

D) A.Navoiyning iqtisodiy g’oyalari
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida iqtisodiy g’oyalar muhim o’rin egallaydi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal yoritilgan. Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma’qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan.
Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik xis tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushingan.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi roliga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat hukmdorining akl-idroki va qobiliyatiga bog’liq deb aytib beradi. Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar teskari bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi, deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining roli katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq xo’jaligida yetishtirilar edi. Uning fikricha Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. SHu bois juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerni kengaytirishga uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkin deydi. Birinchi yo’l - bu o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li - bu o’g’irlik, ta’magarlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirishga keskin qarshi chiqdi, qoraladi.
Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500 y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik yetishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sotuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo’lini ochuvchidir». SHu bilan birga u dehqon mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik yaratishdagi hatti harakatini quyidagicha tasvirlab berdi:
«Har ne qilsalar harakat,

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling