Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


A) Boylik va pul nazariyalari


Download 0.76 Mb.
bet23/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

A) Boylik va pul nazariyalari
Merkantalistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z fikrini rivojlantirib bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi yetmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantalistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» rolini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib chetga pul chiqarishni ta’qiqlash bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday hatti-harakati, uning fikri buyicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatdi va muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo shu bilan birga uning iqtisodiyotdagi pulning rolini yuzaki tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi haqiqatdan ham «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsatdi, ikkinchi tomondan esa - U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi roliga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funktsiyasini inkor etdi.
SHuning uchun merkantalizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug’ullanuvchi «o’yinchilar»ga o’xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling