Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


A) Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi


Download 0.76 Mb.
bet26/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

A) Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi
P.Buagilberning muhim yutug’i, U.Pettiga o’xshab, qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o’rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu kontseptsiya nomukammal bo’lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli printsip yotadi) o’z davri uchun u, albatta, progressiv hisoblanadi, negaki merkantalistlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to’g’risidagi kontseptsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantalizmni ko’p jihatdan to’g’ri tanqid qilish bilan birga, pulning tovar sifatidagi rolini mensimagan holda, mamlakatning iqtisodiy o’sishida qishloq xo’jaligi rolini mutlaqlashtirdi, boylikni ko’paytirishdagi sanoat va savdoning ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor kilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo’yicha ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Frantsuz klassigining fikri bo’yicha iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo’jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o’z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» qonunlari to’g’risida qayd qilib o’tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy etish yoki protektsionizm siyosatini qo’llash bilan ularga halaqit bermasligini tavsiya etadi.


3. Fiziokratlar
Fiziokratlar (lat.-tabiat, hukmronlik) – bu XVIII asrdagi frantsuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Frantsiyada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha rivojlangan bo’lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo’jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. SHunga ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling